Insult kasalligining ilk belgilari ma’lum qilindi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishNeyroxirurgicheskaya operatsiya v bolnitse im. Semashko v Simferopole
Neyroxirurgicheskaya operatsiya v bolnitse im. Semashko v Simferopole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2022
Obuna bo‘lish
Amerikalik olimlar insult kasalligining ilk belgilarini ma’lum qildi. Insult kasalligi miyani qon bilan ta’minlanishining o‘tkir buzilishi sabab hozil bo‘ladi.
Miya hujayralari kislorod yetishmasligi bilan bir necha daqiqalarda halok bo‘ladi, ammo agar alomatlar o‘z vaqtida aniqlansa, bemorga samarali yordam berish mumkin.
Insult o‘lim sababi sifatida uchinchi o‘rinda turadi. Shu sababli AQSh kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish markazi (CDC) mutaxassislari Express internet-nashriga ushbu qo‘rqinchli kasallikning ogohlantiruvchi beshta belgilari haqida ma’lum qilgan.
Belgilari
1.Tananing biror qismi uvushib qolishi
Kutilmaganda zaiflik yoki uvushishlar tananing faqat bir tomonida paydo bo‘ladi.
2. Gapirish va idrok qilish bilan muammolar, sarosimaga tushish
3. Ko‘rish qobiliyati bilan muammolar
Bitta ko‘z ham, ikki ko‘z ham birdek zarar ko‘rishi mumkin
4. Yurishda muammolar, muvozanat va koordinatsiya yo‘qolishi
5. To‘satdan kuchli bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi
Ushbu alomatlar kuzatilganda zudlik bilan tez yordamga murojaat qilishi zarur.
“Insultni davolashning eng samarali usullari, agar kasallik birinchi alomatlardan keyin aniqlansa va uch-soat ichida tashxis qo‘yilsa, yordam beradi, deydi markaz mutaxassislari.
Bemorlarga qon quyqalarini parchalash uchun trombolitik preparat buyurilishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, trombolitik preparatlar bilan tezroq davolangan bemorlar o‘z vaqtida davolanmaganlarga qaraganda tuzalish uchun imkoniyatlari ko‘proq bo‘ladi yoki nogironlikni tiklash yoki kam darajadagi nogironlikka uchrashlari mumkin. Insultni boshdan o‘tkazgan bemorlarda kasallik qaytalanishi ehtimoli yuqori. Besh yil ichida kasal bo‘lgan har to‘rt kishidan bittasi yana insultni boshdan kechiradi.
Insultning asosiy sabablarini bartaraf etish, birinchi navbatda, kasallik kelib chiqish xavfini kamaytirish uchun muhim. Bu yerda qon bosimini meyorlashtirish, “yomon” xolesterin miqdorini kamaytirish va qonda sog‘lom shakar darajasini saqlab qolish yordam beradi. Har bir bemor uchun tiklanish davri individualdir. Ba’zilar bir necha hafta ichida uylariga qaytadi, yana ba’zi bemorlar uchun tuzalib ketishga esa yillar talab qilishi mumkin. Ba’zi asoratlar falaj va xotira muammolarini o‘z ichiga olishi mumkin. Nutqni tushunish va shakllantirish bilan bog‘liq muammolar ham qolishi mumkin.
“Ba’zi inosnlar butunlay tuzalib ketadi, yana ba’zilar esa uzoq muddatli yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin”, deydi mutaxassislar.

Kasallikka chalinish xavfini qanday kamaytirish mumkin?

Agar sizda yoki yaqin insoningizda insult kuzatilgan bo‘lsa, kasallanish xavfini kamaytirish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak. Parhez kasallikni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Noto‘g‘ri ovqat insultga chalinish ehtimolini ko‘paytirishi mumkin, chunki u qon bosimi va xolesterin oshishiga sabab bo‘lishi mumkin, deya aniqlik kiritgan Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaxshi parhez tarkibida kletchatkaga boy mahsulotlar (masalan meva-sabzavotlar) bo‘lishi lozim. Shuningdek, tuzli va yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilishdan tiyilish lozim. Haftada 15 daqiqadan kam bo‘lmagan sport mashqlari bilan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
Yangiliklar lentasi
0