COVID-19dan tuzalgandan so‘ng sportzalga borish mumkinmi?

© REUTERS / Ahmed YosriDevushka vo vremya zanyatiy v trenajernom zale v Saudovskoy Aravii
Devushka vo vremya zanyatiy v trenajernom zale v Saudovskoy Aravii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2022
Obuna bo‘lish
Shifokor Glashukova: COVID-19dan tuzalgandan so‘ng sport bilan shug‘ullanish tomirlar va yurak uchun zararli.
Shifokor Alena Glushakova RIA Novostiga koronavirusdan tuzalib chiqqandan so‘ng sport bilan shug‘ullanish mumkin emasligining sabablarini ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, COVID-19 faqat nafas yo‘llarinigina zararlantirib qolmaydi. Virusning tarqalishi tananing deyarli barcha to‘qimalarida, shu jumladan qon tomirlarida mavjud bo‘lgan membrana oqsili bilan o‘zaro ta’sir qilish orqali sodir bo‘ladi. Xususan, COVID-19 qon tomir devorlarining tonusini oshirishi yoki immunga qarshi yallig‘lanish jarayonini qo‘zg‘atishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimining asosiy organi - yurak. Jismoniy zo‘riqishlarda yurak urishi tezligi va qon tomirlari devoridagi qon bosimi yanada oshadi.
Shu sababli koronavirusdan tuzalgandan so‘ng darhol sport bilan shug‘ullanishni boshlab yuborish yaramaydi. “COVID-19 ning o‘zi miokardit, miokardit infarkti, yurak ritmining buzilishi yoki yurak yetishmoqchiligi kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Koronavirusdan so‘ng tromboz xavfi 3-6 baravarga oshadi. Koronavirus infeksiyasi paytida va kasallik o‘tib ketgandan keyin ham qon tomirlari va yurak-qon tomirlari kuchli zo‘rayishda qoladi. Shu sababli organlarni jismoniy mashqlar bilan zo‘riqishlarni kuchaytirmaslik kerak, deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0