https://oz.sputniknews.uz/20220111/omikronn-shtammning-keng-tarqalgan-alomati-malum-boldi-22127387.html
Omikronn shtammning keng tarqalgan alomati ma’lum bo‘ldi
Omikronn shtammning keng tarqalgan alomati ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Britaniyalik shifokor Stivs bosh og‘rig‘ini omikronn shtammning eng keng tarqalgan alomati deya ta’kidladi.
2022-01-11T06:00+0500
2022-01-11T06:00+0500
2022-01-11T06:00+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
omikron shtammi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/06/21660304_0:100:1921:1180_1920x0_80_0_0_e6267b7dc41fe6c94641588600b5ba80.jpg
Omikron shtammning belgilari 75% holatlarda oddiy shamollashning ko‘rinishi bilan o‘tib ketmoqda deydi ZOE Covid Study koronavirus infeksiyasi alomatlarini kuzatish uchun Britaniya ilovasini ishlab chiquvchilardan biri doktor Kler Stiv. Daily Express nashri shifokorning so‘zlarini keltirmoqda.Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi varianti bilan kasallanganlarda asosan kasallik yengil shaklda o‘tmoqda, biroq virusning yuqori yuqumlilik darajasi sog‘liqni saqlash tizimiga bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Omikronning keng tarqalib ketmasligi uchun hukumat shamollashda belgi beradigan yana uchta alomatni hisobga olishi kerak, deya hisoblaydi shifokor.“COVID-19 bilan kasallangan yangi holatlarning 75% alomatlar shamollash belgilariga o‘xshashligi va klassik alomatlar kamroq tarqalgani rasmiylar tavsiyalarini zudlik bilan yangilash kerakligini anglatadi. Biz tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va burun oqishi kabi belgilarni imkon qadar tezroq ro‘yxatga qo‘shishni istagan bo‘lardik”, - deydi shifokor.Yangi B.1.1.529 shtammi noyabr oyining oxirida Botsvana va Janubiy AfrikaRespublikasida aniqlangan. Unda patogen hujayralarni yuqtirish uchun zarur bo‘lgan S-oqsilidagi o‘nlab mutatsiyalar mavjud. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, SARS-CoV-2 genomidagi ko‘plab yangi o‘zgarishlar ushbu variantning yuqori o‘tkazuvchanligini va kasal bo‘lgan va emlanganlarning himoya antitelalariga chidamliligini ko‘rsatadi. B.1.1.529 dastlab immunitet tanqisligi, masalan, OIV bilan kasallangan odamda rivojlangan deb hisoblangan.Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti B.1.1.529 ni "tashvishli" deb belgiladi va uni yunon alifbosining 15-harfi "omikron" deya nomladi. Mutaxassislarning fikricha, allaqachon kasal bo‘lgan va emlanganlar ham yuqtirishi mumkin va alomatlar charchoqdan bosh og‘rig‘i va tana og‘rig‘igacha o‘zgaradi. Mazkur shtamm bilan kasallanish holatlari 100 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan Rossiyada ham aniqlangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/06/21660304_106:0:1813:1280_1920x0_80_0_0_8a8a7a909a05e62eec850207d99065b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
omikronn shtammning keng tarqalgan alomati ma’lum bo‘ldi
omikronn shtammning keng tarqalgan alomati ma’lum bo‘ldi
Omikronn shtammning keng tarqalgan alomati ma’lum bo‘ldi
Britaniyalik shifokor Stivs bosh og‘rig‘ini omikronn shtammning eng keng tarqalgan alomati deya ta’kidladi.
Omikron shtammning belgilari 75% holatlarda oddiy shamollashning ko‘rinishi bilan o‘tib ketmoqda deydi ZOE Covid Study koronavirus infeksiyasi alomatlarini kuzatish uchun Britaniya ilovasini ishlab chiquvchilardan biri doktor Kler Stiv. Daily Express nashri shifokorning so‘zlarini keltirmoqda.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi varianti bilan kasallanganlarda asosan kasallik yengil shaklda o‘tmoqda, biroq virusning yuqori yuqumlilik darajasi sog‘liqni saqlash tizimiga bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Omikronning keng tarqalib ketmasligi uchun hukumat shamollashda belgi beradigan yana uchta alomatni hisobga olishi kerak, deya hisoblaydi shifokor.
“COVID-19 bilan kasallangan yangi holatlarning 75% alomatlar shamollash belgilariga o‘xshashligi va klassik alomatlar kamroq tarqalgani rasmiylar tavsiyalarini zudlik bilan yangilash kerakligini anglatadi. Biz tomoq og‘rig‘i, bosh og‘rig‘i va burun oqishi kabi belgilarni imkon qadar tezroq ro‘yxatga qo‘shishni istagan bo‘lardik”, - deydi shifokor.
Yangi B.1.1.529 shtammi noyabr oyining oxirida Botsvana va Janubiy AfrikaRespublikasida aniqlangan. Unda patogen hujayralarni yuqtirish uchun zarur bo‘lgan S-oqsilidagi o‘nlab mutatsiyalar mavjud. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, SARS-CoV-2 genomidagi ko‘plab yangi o‘zgarishlar ushbu variantning yuqori o‘tkazuvchanligini va kasal bo‘lgan va emlanganlarning himoya antitelalariga chidamliligini ko‘rsatadi. B.1.1.529 dastlab immunitet tanqisligi, masalan, OIV bilan kasallangan odamda rivojlangan deb hisoblangan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti B.1.1.529 ni "tashvishli" deb belgiladi va uni yunon alifbosining 15-harfi "omikron" deya nomladi. Mutaxassislarning fikricha, allaqachon kasal bo‘lgan va emlanganlar ham yuqtirishi mumkin va alomatlar charchoqdan bosh og‘rig‘i va tana og‘rig‘igacha o‘zgaradi. Mazkur shtamm bilan kasallanish holatlari 100 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan Rossiyada ham aniqlangan.