Internet tezligi oshadi va qamrovi kengayadi - vazirlik

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie v servernoy
Setevoe oborudovanie v servernoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Internet tezligi oshadi va qamrovi kengayadi, optik tolali aloqa liniyalari har bir aholi punktiga kirib boradi.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yil oxiriga qadar internet tezlashadi, qamrovi kengayadi deb xabar qildi AOKAda 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.
Xususan, 2022-yil yakuniga qadar xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik imkoniyatini 3 200 Gigabit/sekundgacha kengaytirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 1 800 Gigabit/sekundni tashkil qiladi.
Shuningdek, 2021-yilda O‘zbekistonda 50 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalari qurilgan. Natija telekommunikatsiya tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat va tuman markazlari darajasida 1,5 barobarga oshgan.
Bugungi kunga kelib 95 foiz aholi maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan, 54 foiz uy xo‘jaliklariga yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoni yaratilgan, - deyiladi xabarda.
Mobil aloqa xizmatlarini rivojlantirish maqsadida mobil internet tezligi 1,5 barobar oshirildi va 2021-yilda 14 150 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 45 890 taga yetkazildi.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 27,2 milliondan oshgan, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda.
Kelgusi rejalar:
1.
Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida yirik ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari quriladi.
2.
Xalqaro ma’lumotlar uzatish kanalining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 3,5 marotaba oshiriladi.
3.
150 ming km optik-tolali aloqa liniyalari qurilish hisobiga ma’lumotlar uzatish tarmog‘i kengaytiriladi;
4.
Xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo‘llarini mobil aloqa tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlanadi.
5.
Optik tolali aloqa liniyalari barcha aholi punktlariga yetkazilib, uy xo‘jaliklarining kamida 80 % Internetga keng polosali simli ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi.
Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab Internet tarmoqlarini loyihalashda quyidagilarni nazarda tutadi:
ma’muriy binolar va ko‘p kvartirali uylarni kamida 1 Gigabit/sekund o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan;
ta’lim tashkilotlari, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa davlat tashkilotlarini kamida 100 Megabit/s o‘tkazuvchanlik qobiliyati bilan ta’minlash.
Bugungi kunda dunyo tajribasi aholi turmush farovonligini ta’minlash, ular uchun qulayliklar yaratish hamda davlat xizmatlaridan to‘siqsiz, shaffof va adolatli foydalanishda eng to‘g‘ri yondashuv Elektron hukumat ekanligini ko‘rsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0