Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqiga ta’ziya yo‘lladi

© Sputnik / Vasiliy Krestyaninov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v gorodax Kazaxstana vo vremya ChP
Situatsiya v gorodax Kazaxstana vo vremya ChP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani munosabati bilan do‘st Qozog‘iston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etgan.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Qozog‘iston xalqi va prezidentiga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda uning matbuot kotibi ma’lum qildi.
Mirziyoyevning maktubida qardosh Qozog‘iston hududidagi fojiali voqealar va ularning natijasida ko‘plab harbiylar va aholi vakillari nobud bo‘lgani hamda og‘ir jarohatlar olgani, ko‘rilgan katta talofatlar munosabati bilan prezident Qasim-Jomart Toqayevga va do‘st Qozog‘iston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etilgan.
Davlat rahbari Vatan osoyishtaligi va mamlakat xalqining himoyasi yo‘lida qurbon bo‘lgan fidoyi farzandlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda shifo topishlarini tilagan.
Qozog‘istonda tartibsizliklar tufayli qo‘lga olinganlar 6 mingga yaqinlashdi
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda yangi yildan so‘ng ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan edi. Dastlab mamlakat shimolida, Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gaz narxi oshishi sabab boshlangan norozilik namoyishlari keyinchalik Qozog‘iston janubiy viloyatlarda ommaviy tartibsizlik, bosqinchilik va terrorchilikka harakatiga aylanib ketdi.
Qurollangan to‘dalar yirik shahar markazlari, ma’muriyat binolari, telekanallarni egallab olishdi, politsiya va harbiylarga hujumlar uyushtirishdi. Do‘konlarga bosqinchilik qilindi. Bunga javoban Qozog‘iston prezidenti 19-yanvarga qadar mamlakatda favqulodda vaziyat joriy etdi va KXShTdan yordam so‘radi. Qozog‘istonga Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikistondan KXShT tinchlikparvar kuchlari vaqtincha kiritildi. Ularning vazifasi - muhim obyektlarni qo‘riqlash.
Qozog‘istonning barcha viloyatlarida vaziyat barqarorlashdi - IIV
Yangiliklar lentasi
0