Qozog‘istonni Rossiyaga qarshi davlatga aylantirmoqchi bo‘lishdi - ekspert

© Sputnik / Vasiliy Krestyaninov / Mediabankka o‘tishSituatsiya v gorodax Kazaxstana vo vremya ChP
Situatsiya v gorodax Kazaxstana vo vremya ChP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2022
Obuna bo‘lish
Tinch iqtisodiy namoyishning keskin terrorchilik va jangarilar hujumiga aylanishi - "Maydan texnologiyalaridan" darak beradi.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Qozog‘istonni norozilik namoyishlari orqali Ukraina kabi yana bir aksilrossiya davlatiga aylantirishga urinishdi, buning uchunMaydan texnologiyalaridan foydalanilgan, dedi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Millatlararo munosabatlar kengashi a’zosi Bogdan Bezpalko.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida ma’lum qilishiga ko‘ra, Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari chog‘ida Maydan texnologiyalaridan foydalanilgan va u yerdagi tartibsizliklarda ishtirok etgan jangari guruhlari xorijdagi terrorchilar lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tgani haqida aytib bergan edi.
"Maydan texnologiyalari (Qozog‘istonda) qo‘llanilgani ko‘rinib turibdi. Iqtisodiy shiorlar bilan chiqqan namoyishchilar, jangarilar va bularning hammasi bayramlarda boshlanishini hech kim kutmagan edi. Menimcha, ha, bu aniq "Maydan texnologiyalari" va ularning maqsadi - Rossiyaga bosimni kuchaytirish, Qozog‘istonni Ukraina kabi aksilrossiya davlatiga aylantirish”, dedi Bezpalko Rossiya prezidentining so‘zlariga izoh berarkan.
Ekspert aytishiga ko‘ra, Qozog‘istondagi vaziyat avvalroq AQShning avvalgi prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton “butun postsovet hududida mojarolarni qo‘zg‘atish” haqida aytgan AQSh konsepsiyasiga mos keladi. “U u yerda Pridnestrovye, Kavkaz ortini tilga oldi, biroq qaror qabul qilganlar Qozog‘istonni alangalashni zarur deb hisobladi, chunki u yerda vaziyat pishib qolgan va Qozog‘iston Rossiya uchun Prednestrovyedan ko‘ra ko‘proq muammo tug‘dirmoqda”, — dedi ekspert.
Uning ta’kidlashicha, Qozog‘iston tomonidan so‘nggi paytlarda olib borilayotgan Rossiya bilan yaqinlashish siyosati sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. "Qozog‘iston shunchaki na Rossiyaga qarshi, na qo‘g‘irchoq rejim bo‘lmagani tufayli, kimgadir yoqmadi. Agar u suverenitet va Rossiya bilan hamkorlik qilsa - demak bu bizga ma’qul emas, bunday rejimni yo‘q qilish kerak", - deydi ekspert.
Ekspertning fikricha, xorijlik yollanma askarlarning ishtiroki ham Maydandagi voqealar bilan o‘xshashligini tasdiqlaydi. "Albatta, u yerda islomiy guruhlardan foydalanilgan, ammo bu islomchi guruhlar doimo xorijiy maxsus xizmatlar tomonidan ma’lum miqdorda qo‘llab-quvvatlanadi. Ular bilan hamkorlik qiladilar, ulardan resurslar, ma’lum ma’lumotlarni oladilar va ulardan qo‘chqor sifatida foydalanadilar.
"Shunday qilib, Islomchilar o‘z vazifalarini hal qilmoqdalar - hokimiyatga erishish, dunyoviy tuzumni yo‘q qilish, yirik geosiyosiy o‘yinchilar esa o‘z maqsadlariga erishadilar - masalan, Rossiya Federatsiyasiga janubdan bosimni kuchaytirish", deb tushuntirdi ekspert.
Bezpalkoning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston rasmiylari aniq davlatlarni aralashishda ayblamaydi, chunki hozircha ularning qo‘lida dalillar yo‘q.
“Buning uchun dalil kerak, moliyaviy zanjirlarni aniqlash, razvedka xodimlari, diplomatlardan pul olganliklarini yoki ayrim davlatlar diplomatlari, missiya xodimlaridan ko‘rsatma olganliklarini aytadigan odamlarni so‘roq qilish kerak", - dedi ekspert.
Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari 2022-yilning dastlabki kunlarida boshlandi. Dastlab mamlakat g‘arbidagi Janao‘zen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari mamlakat janubida, Olma-Ota Chimkent va Tarazda tarqaldi. Namoyishchilar dastlab iqtisodiy, keyin siyosiy talablar qo‘yishdi undan so‘ng esa, kutilmaganda talon taroj, bosqinchilik va qotilliklar boshlandi.
Qozog‘iston hukumati xabarida ko‘ra, tartibsizliklarda jami 164 kishi qurbon bo‘lganini 1000dan ortiq kishilar jarohat olganini, yuzlab xizmat avtomobillari yoqib yuborilganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0