https://oz.sputniknews.uz/20220110/atom-energetikasi-yashil-energiya-manbaalari-safiga-qoshiladi---saxo-bank-22131007.html
Atom energetikasi "yashil" energiya toifasiga o‘tadi - Saxo Bank
Atom energetikasi "yashil" energiya toifasiga o‘tadi - Saxo Bank
Sputnik O‘zbekiston
Saxo Bank atom energetikasi yashil energetika safiga qo‘shilishini va tabiiy gazni – yarim toza energetika deb tan olinishini kutmoqda.
2022-01-10T19:02+0500
2022-01-10T19:02+0500
2022-01-11T09:23+0500
analitika
gaz
tahlil
aes
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0a/22130633_0:0:3076:1731_1920x0_80_0_0_bd9bfa8b5552bf83c4457e0622d77132.jpg
TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Dunyoda, ayniqsa Yevropada 2021-yilda sodir bo‘lgan energetika inqirozi – yashil energetikaga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishiga olib keladi, deb hisoblaydi Saxo Bankning Daniyada investitsiyalar bo‘yicha direktori Stin Yakobsen."Qazib olinuvchi yonilg‘i biz o‘ylagandan ko‘ra uzoqroq vaqt davomida dolzarb bo‘lib qoladi. Bu insoniyat 2021-yilda uqib olgan darsi bo‘lishi kerak. Chunki biz iste’mol qilayotgan va ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi hajmlari orasida katta tafovut bor.Biz o‘zimizga kerakli energiya miqdorini muqobil energiya manbaalari hisobidan qondirishimiz mumkinligi haqidagi g‘oya – mukammal emas. Barqarorlik jihatidan ham bu yaxshi ishlamaydi. Buni bizga 2021-yil ko‘rsatdi,” – deydi mutaxassisAkobsen aytishiga ko‘ra, yaqin yillar ichida qazib olinuvchi energiyani qayta tavsiflanishi mumkin.Tahlilchi xulosasiga ko‘ra, hozir energiya manbaalariga talab o‘sib bormoqda, davlatlarda esa uglevodorodlar zahiralarini kam miqdorda qolgan va shu bilan bir vaqtda sovuq havo kirib kelmoqda, xulosa – yaqin vaqt ichida uglevodorodlar narxi yana osmonga chiqadi. “Neft narxi 100 dollardan oshib ketadi”, - deydi Yakobsen.Ma’lumot uchun, bugungi kundan dunyo mutaxassislari tomonidan atom energetikasini yashil energetika turlaridan biri deb tan olish muhokama qilinmoqda. Rossiya esa atom energetikasini yashil energetika deb tan olgan. Bir necha kun oldin Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiyada “yashil loyihalarni” tanlab olish bo‘yicha talablar ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Ular orasida atom energetikasi ham bor.Saxo Bank - Daniya investitsion banki bo‘lib, uning asosiy ixtisosligi turli xil moliyaviy sarmoya aspoblari - valyuta, aksiya, obligatsiya, fyucherslar, opsionlar va boshqa derivativalar bilan savdo qilish va ishonchli boshqaruvni olib borishdir.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/0a/22130633_206:0:2935:2047_1920x0_80_0_0_763983aa86f444f335f0add09348b7cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
saxo bank atom energetikasi yashil energetika tabiiy gaz
saxo bank atom energetikasi yashil energetika tabiiy gaz
Atom energetikasi "yashil" energiya toifasiga o‘tadi - Saxo Bank
19:02 10.01.2022 (yangilandi: 09:23 11.01.2022) Saxo Bank atom energetikasi yashil energetika safiga qo‘shilishini va tabiiy gazni – yarim toza energetika deb tan olinishini kutmoqda.
TOShKENT, 10 yanv – Sputnik. Dunyoda, ayniqsa Yevropada 2021-yilda sodir bo‘lgan energetika inqirozi – yashil energetikaga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarishiga olib keladi, deb hisoblaydi Saxo Bankning Daniyada investitsiyalar bo‘yicha direktori
Stin Yakobsen.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, atom energetikasi yashil energetika safiga qo‘shiladi, tabiiy gaz esa – yarim toza energetika deb tan olinadi. Umuman qazib olinuvchi energiya manbaalari hali uzoq vaqt davomida dolzarb bo‘lib qoladi.
"Qazib olinuvchi yonilg‘i biz o‘ylagandan ko‘ra uzoqroq vaqt davomida dolzarb bo‘lib qoladi. Bu insoniyat 2021-yilda uqib olgan darsi bo‘lishi kerak. Chunki biz iste’mol qilayotgan va ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi hajmlari orasida katta tafovut bor.
Biz o‘zimizga kerakli energiya miqdorini muqobil energiya manbaalari hisobidan qondirishimiz mumkinligi haqidagi g‘oya – mukammal emas. Barqarorlik jihatidan ham bu yaxshi ishlamaydi. Buni bizga 2021-yil ko‘rsatdi,” – deydi mutaxassis
Yakobsen aytishiga ko‘ra, yaqin yillar ichida qazib olinuvchi energiyani qayta tavsiflanishi mumkin.
“Men atom energiyasi toza energiya deb tan olinishini va shuningdek, tabiiy gaz – yarim toza energiya manbai deb tan olinishini kutmoqdaman. Bu yadroviy energetika va tabiiy gaz sohalariga sarmoya kiritishga imkon yaratadi”, - dedi investitsiyalar bo‘yicha mutaxassis.
Tahlilchi xulosasiga ko‘ra, hozir energiya manbaalariga talab o‘sib bormoqda, davlatlarda esa uglevodorodlar zahiralarini kam miqdorda qolgan va shu bilan bir vaqtda sovuq havo kirib kelmoqda, xulosa – yaqin vaqt ichida uglevodorodlar narxi yana osmonga chiqadi. “Neft narxi 100 dollardan oshib ketadi”, - deydi Yakobsen.
Ma’lumot uchun, bugungi kundan dunyo mutaxassislari tomonidan atom energetikasini yashil energetika turlaridan biri deb tan olish muhokama qilinmoqda. Rossiya esa atom energetikasini yashil energetika deb tan olgan. Bir necha kun oldin Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rossiyada “yashil loyihalarni” tanlab olish bo‘yicha talablar ro‘yxatini tasdiqlagan edi. Ular orasida atom energetikasi ham bor.
Saxo Bank - Daniya investitsion banki bo‘lib, uning asosiy ixtisosligi turli xil moliyaviy sarmoya aspoblari - valyuta, aksiya, obligatsiya, fyucherslar, opsionlar va boshqa derivativalar bilan savdo qilish va ishonchli boshqaruvni olib borishdir.