Toshkent metropolitenida hojatxonalar quriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNikakoy paniki v metro.Regulyarno provodtsya dezinfeksiya vsex stansiy
Nikakoy paniki v metro.Regulyarno provodtsya dezinfeksiya vsex stansiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi “Chilonzor” metro bekatida sinov tariqasida hojatxona qurilmoqda.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Toshkentdagi “Chilonzor” metro bekatida sinov tariqasida hojatxona qurilmoqda. Bu tajriba o‘zini oqlasa, boshqa bekatlarda ham hojatxona qurilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” xabar berdi.
Yerosti bekatlarida kishi sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatuvchi bosim borligini inobatga olgan holda, barcha bekat navbatchilari birinchi yordam ko‘rsatish ma’lumotiga ega va barcha bekatlarda birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori vositalari bilan ta’minlangan.
Bundan tashqari, zarur vaqtlarda tez yordam xodimlari chaqirtiriladi, metropolitenning “Paxtakor” va “Ming o‘rik” bekatlarida tibbiy punktlar mavjud.
“Yerusti metro bekatlarida imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan liftlar o‘rnatilgani ko‘pchilikka ma’lum. Liftlardan asosan keksalar, homilador ayollar, yosh bolali va nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi belgilangan.
Bekatlardagi mavjud liftlar va eskalatorlar bir maromda ishlashini tashkil qilish va nazorat o‘rnatish borasida metropoliten xodimlari orasida doimiy navbatchilik yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi kunda barcha yerusti metro bekatlarida mavjud liftlar soz holda ishlab, yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi yo‘lovchilarga hech qanday cheklovlarsiz xizmat ko‘rsatmoqda”, - deyilgan ma’lumotda.
Yangiliklar lentasi
0