Qozog‘istonda KXShT tinchlikparvar kuchlariga kim rahbarlik qilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Dnya VDV v Moskve
Prazdnovanie Dnya VDV v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2022
Obuna bo‘lish
Havo-desant kuchlari qo‘mondoni Serdukov Qozog‘istonda KXShT tinchlikparvar qo‘shinlariga rahbarlik qiladi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Qozog‘istonda KXShT tinchlikparvar kuchlariga Rossiya havo-desant kuchlari qo‘mondoni, general-polkovnik Andrey Serdukov rahbarlik qiladi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general mayor Igor Konashenkov xabar qildi.
Qozog‘istonda ommaviy norozilik namoyishlari 2022-yilning dastlabki kunlarida boshlandi. O‘shanda mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Oqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi chiqdi, keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Olma-Otada 4 va 5-yanvar kunlari kuchishlatar tizim xodimlari bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, politsiya gaz va shovqinli granatalardan foydalandi. Qozog‘iston bo‘ylab internet o‘chirildi, bir qator telekanallarning translyatsiyasi vaqtincha to‘xtatildi. 19-yanvarga qadar butun Qozog‘iston hududida favqulodda holat joriy etildi.
5 yanvar kuni ertalab prezident Qasim-Jomart Toqayev hukumatni iste’foga chiqardi va respublika Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qildi. birinchi yig‘ilishda u Qozog‘istondagi vaziyatni “davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi” deb atadi va “terrorchilik xavfini yengish” uchun KXShTdan yordam so‘raganini aytdi.
KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashi Toqayevning murojaati munosabati bilan Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborish to‘g‘risida qaror qildi. Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va normallashtirish maqsadida kuchlar cheklangan muddatga yuboriladi.
Yangiliklar lentasi
0