Ichki ishlar vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2022
Obuna bo‘lish
Xususan, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosarlari, IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i tayinlandi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Xususan, polkovnik Olim Saidov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Saidov IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Polkovnik Baxtiyor Berdialiyev IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Avval Berdialiyev IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Podpolkovnik Davron Azizov IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Azizov shu vaqtgacha IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Polkovnik Amanbay Orinbayev IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Orinbayev IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0