Xavfsizlik kafolatlari va sanksiyalar: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashishdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va Amerika prezedentlarining Yangi yil oldidan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati 50 daqiqa davom etdi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. 30-dekabr kuni tunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Amerika prezidenti Jo Baydenning telefon orqali suhbati bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat rahbarlarining suhbati 50 daqiqa davom etdi.
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov davlat yetakchilarining telefon suhbatini aniq va mazmunli deb atadi.
“Bizning umuman olganda bugun bo‘lib o‘tgan muzokaralardan ko‘nglimiz to‘ldi, chunki ular ochiq, mazmunli, aniq xususiyatga ega bo‘ldi”, - dedi u Putin va Bayden suhbatlari yakuniga bo‘yicha. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat yo‘nalishi “yetarlicha konstruktiv bo‘lgan”. Ushakov Putin va Bayden telefon suhbati davomida ikki tomonlama munosabatlarning barcha asosiy mavzulariga to‘xtalishganini ta’kidladi. Muloqot mohiyatli bo‘lgan.
Rossiya prezidenti yordamchini Amerika tomoni Moskva tomonidan topshirilgan xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi hujjatlarda bayon qilingan Rossiya pozitsiyasini tushunish xohishini namoyon qilgan.
U Putin va Bayden suhbatga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgani va Yangi yildan keyin muloqotni davom ettirishga kelishib olishganini qo‘shimcha qildi.
Putin amerikalik hamkasbi bilan suhbat chog‘ida ikki tomonlama muloqotni davom ettirish muhimligini bildirgan.
AQShni uyalish kutmoqda: Rossiyadan uzr so‘rashga to‘g‘ri keladi
“Prezident Bayden AQSh uch trek bo‘yicha (xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi masala bo‘yicha)” muzokaralar jarayonida o‘z ittifoqchilari bilan yaqindan maslahatlashishini aytdi. Biz, albatta, buni tushunimizni aytdik, biroq Moskva va Vashington ochiq ikki tomonlama muloqotni davom ettirishi muhim”, - dedi Ushakov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bayden shundoq ham Rossiya bilan munosabatlarda o‘z chizig‘ini yo‘lga qo‘ymoqchiligini tasdiqlagan.
Kreml matbuot xizmatining yozishicha, Amerika yetakchisi Yevropa va dunyodagi barqarorlikni ta’minlashda AQSh va Rossiyaning alohida mas’uliyatini qayd etgan.
Suhbatda xavfsizlik masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hozirlik bildirilgan va bunday muzokaralar boshlanishi muddati muvofiqlashtirilgan.
“Jo Bayden umuman Yevropa va dunyodagi xavfsizlikni ta’minlashda Rossiya va AQShning alohida mas’uliyatini ta’kidladi. Shuningdek, Vashingtonning Ukraina hududida hujumkor zarba qurollarini joylashtirish niyati yo‘qligini bildirdi”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga AQSh prezidenti Putin bilan suhbatda ehtimoliy “keng ko‘lamli” sanksiyalarni tilga olib o‘tgan.
Rossiya rahbari bunga javoban bu munosabatlarni to‘liq buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan eng katta xato bo‘lishidan ogohlantirdi, dedi diplomat.
Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarning asosiy masalalarini ma’lum qildi
Rossiya yetakchisi cheklovlar “eng jiddiy oqibatlarga” olib kelishi va Moskva bunday bo‘lmasligiga umid qilishini qo‘shimcha qilgan.
“Prezidentimiz biz bunday vaziyatda, agar Amerika chegaralari yaqinida hujumkor qurollar joylashtirilganda, AQSh o‘zini qanday tutgan bo‘lishi mumkinligi kabi, shunday yetarlicha o‘zimizni murakkab tutishimizni alohida ta’kidladi”, - dedi Ushakov.
U Putin bu asosiy fikrni Amerika prezidentiga har qanday yo‘l bilan yetkazishga uringanini aytdi.
O‘z navbatida AQSh prezidenti ma’muriyati vakili Bayden va Putin suhbati jiddiy va mohiyatli bo‘lganini bildirdi. Aloqa yanvar boshida kutilayotgan diplomatik muzokaralar munosabati bilan o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0