Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVladimir Norov
Vladimir Norov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2021
Obuna bo‘lish
Vladimir Norov bunga qadar 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlagan.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Prezidentning 30-dekabrdagi qarori bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda 31-dekabr kuni TIV hay’ati yig‘ilishida e’lon qilindi.
Vladimir Norov bunga qadar 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimida ishlagan. U Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.
Avvalroq 2020-yildan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lgan Farhod Arziyev mamlkatning Xitoydagi elchisi etib tayinlangan edi.
Norov 1955-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Buxoro pedagogika institutini bitirgan.
U 2017—2019 yillarda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan.
U turli yillarda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, vazirning birinchi o‘rinbosari va vazir, prezidentning davlat maslahatchisi, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi va boshqa lavozimlarda faoliyat ko‘rsatgan.
Yangiliklar lentasi
0