Prezident 2022-yildagi iqtisodiyot sohasining vazifalarini ko‘rsatib o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2021
Obuna bo‘lish
Joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga o‘sgan. Inflyatsiya darajasi 10 foizdan past bo‘lgan.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yilda ham iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilda yalpi ichki mahsulot 7 foizga, sanoat 9,5 foizga, xizmatlar 20 foizga, qurilish sohasi 6 foizga, qishloq xo‘jaligi 4 foizga o‘sgan. Inflyatsiya darajasi 10 foizdan past bo‘lgan.
Eksport hajmi 16,5 milliard dollarni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan qariyb 1,3 milliard dollarga oshgan.
Xususan, 2022-yilda yalpi ichki mahsulot va sanoatni 7 foizdan yuqori, xizmatlarni qariyb 30 foizga oshirish maqsad qilingan.
Mirziyoyev yangi yilning boshidanoq, barcha tarmoq va hududlar tizimli ishlab, bu maqsadlarga erishish uchun mustahkam zamin yaratish kerakligini ta’kidladi.
2022 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotini nima kutmoqda - ekspert fikri
Yangiliklar lentasi
0