Bayram kunlarida emlanish punktlarining ish tartibi qanday bo‘ladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa
Meditsinskiy rabotnik delayet privivku ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Yangi yil bayrami kunlari emlanish punktlari ishlamaydi.
TOShKENT, 31 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami kunlari koronavirusga qarshi emlanish punktlari ishlamaydi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mehmondorchiliklar ko‘payib ketishi sababli odamlar parhezga e’tiborsizlik bilan qarashlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilishlari mumkin. Bu esa vaksina olish shartlariga zid.
“Shuning uchun emlanish punktlari yangi yilda o‘z faoliyatini 2022-yil 5-yanvardan boshlaydi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, zaruriyat tug‘ilganda fuqarolar poliklinikalarda vaksina olishi mumkin.
O‘zbekiston Rossiya yaratayotgan koronavirusga qarshi bolalar vaksinasiga qiziqish bildirmoqda
So‘nggi taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shu kunga qadar O‘zbekistonda jami 39,2 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan.
Emlanishi rejalashtirilganlarning 87,8 foizi (18,8 mln kishi) vaksinaning birinchi dozasini olishga ulgurishgan, 63,1 foizi (6,8 mln kishi) esa to‘liq emlanib bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0