Afg‘oniston yangi hukumatini tan olish de-fakto amalga oshmoqda - Zamir Kabulov

Obuna bo‘lish
Hozir Qobulda 8ta davlat elchixonasi to‘liq ishlamoqda, yana 4-5ta davlat elchixonalari ochilish arafasida. Shu tariqa Afg‘oniston yangi hukumatini tan olish de-fakto amalga oshmoqda.
TOShKENT, 30 dek – Sputnik. Sputnik muxbirining Rosiya Tolibon*ni qachon tan oladi, degan savoliga Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Ikkinchi Osiyo departamenti rahbari Zamir Kabulov javob berdi.
- Rossiya "Tolibon"*ni qachon tan oladi?
- Biz hozir Afg‘oniston yangi hukumatini tan olish yoki olmaslik haqida o‘ylayotganimiz yo‘q. Ayni damda Kobulda Rossiya elchixonasi to‘laqonli faoliyat yuritmoqda. Biz u yerda yolg‘iz emasmiz. Yana 7 ta davlat elchixonalari ishlamoqda. Undan tashqari 4-5 ta davlat elchixonasi ochilishga tayyorlanmoqda. Ana shunday kichik-kichik qadamlar bilan tan olish de-fakto amalga oshmoqda.
- "Tolibon"* o‘z hukumatini inklyuziv deb atamoqda, shu to‘g‘rimi?
- Hozir "Tolibon"* o‘zini g‘olib deb his qilmoqda, shuning uchun ulardan hozir biror o‘zgarish kutish qiyin. Ikkinchidan, ularning 20-yillik urushda ishtirok etgan a’zolari oldida ham ma’lum majburiyatlari bor. Uchinchidan, kechagina dushman tomon bo‘lgan kishilarni ham ular hukumat boshiga darrov chiqarib qo‘ya olmaydi.
- Bu jarayon davom etmoqda, lekin juda sekin. Yaqinda ular iqtisod vaziri lavozimiga badaxshonlik tojik, uning o‘rinbosari hazora millatiga mansub kishini tayinlashdi.
- Etno-siyosiy inklyuzivlik deganda Rossiya nimani tushunadi?
- Afg‘onistonda 4t a asosiy millat yashaydi. Bular pushtunlar (taxminan 50%), tojiklar (30%), Hazoralar (15%), qolganlar o‘zbek, turkam va boshqa millatlar. Bizning fikrimizcha, ushbu millatlarning barchasining vakillari hukumat boshqaruvida turli darajadai ishtirok etishi kerak. O‘shanda ushbu millatlar o‘zini qulay his qiladi.
Bu faqat bizning istagimiz emas. Xitoy ham, Pokiston ham, Eron ham shunday fikrda. Biz hech kimni yoqlamaymiz va kimni va qanday tanlashga aralashmaymiz, buni "Tolibon"* va afg‘on xalqining o‘zi hal qilishi kerak.
Turkiya, Dubay va boshqa davlatga qochib ketgan sobiq siyosatchilarni qaytarishni "Tolibon"* unchalik istamaydi, chunki ular sobiq hukumat davrida korrupsiyaga aralashgan, deb hisoblashadi.
- “Kengaytirilgan uchlik” formatida Afg‘oniston borasida uchrashuv bo‘ladimi?
- Biz kelgusi yil yanvar oxiri fevral oyining boshlarida Rossiya, Xitoy, AQSh va Pokiston ishtirokida Kobulda ana shunday uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldik. Albatta unda "Tolibon"* ham ishtirok etadi.
- Afg‘onistonda 15-avgust kuni sodir bo‘lgan voqealarda kim aybdor? "Tolibon"* hukumatni qo‘lga kiritdi, prezident qochib ketdi.
- Bu borada qochib ketgan hukumatning gapiga quloq solish kerak emas. Ular albatta o‘zlarini oqlashga urinmoqda, lekin buni yaxshi uddalay olishmayapti. Umuman Afg‘onistonda so‘nggi 20-yil, ayniqsa so‘nggi 10-yilda sodir bo‘lgan voqealarga Ashraf G‘ani hukumati aybdor deyish mumkin. Lekin ular qo‘g‘irchoq. Haqiqiy aybdor esa – ularning egasida. Ularni hukumat boshiga olib kelgan va u yerda so‘nggi 20-yil davomida ushlab turganlarda. Afg‘onistonning so‘nggi 10-yildagi hukumati suveren bo‘lmagan. Ular doim kuchli bosim ostida bo‘lga va aytilgan ishni bajargan.
To‘liq intervyuni rus tilida videolavhamizda tomosha qiling.
* BMT tomonidan terrorchilik harakati uchun taqiq ostiga tushgan guruh.
Yangiliklar lentasi
0