Yakunlanayotgan yil Markaziy Osiyoni qanday o‘zgartirdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFlagi sentralnoaziatskix gosudarstv
Flagi sentralnoaziatskix gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasiga qanday ta’sir ko‘rsatdi, O‘zbekistonda prezident saylovlari va mamlakat YeOIIga qo‘shilish uchun nimalar qilmoqda – batafsil maqolada.
Poyoniga yetib borayotgan 2021-yil Markaziy Osiyo uchun oddiy bo‘lmadi. Mintaqa qator harbiy, siyosiy, iqtisodiy va tabiat chaqiriqlariga duch keldi. Yuzaga kelgan ko‘plab muammolar kelasi yilda ham dolbzarbligicha qoladi, shu bois ular haqida mulohaza yuritish ayni muddao.
Afg‘onistonda harbiy vaziyatning birdaniga o‘zgarishi eng asosiy tahdid bo‘ldi. Yoz davomida NATO qo‘shinlari va afg‘on armiyasi harbiylari soni va texnika jihatdan ustunligiga qaramasdan “Tolibon”* harakatiga mag‘lub bo‘lib keldi. Urush yoz oyida xorijliklarning Kobuldan pala-partish olib chiqib ketish va butun dunyoga yoyilib ketgan qochoqlarning samolyotlardan qulashi lavhalari bilan yakunlandi. Shundan so‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun uzoq yillar davomida ilk bor bevosita tashqi tahdid paydo bo‘ldi.
Aholi 39 million nafar atrofida bo‘lgan chegaradosh davlat taqiqlangan tashkilot jangarilari nazorati ostiga o‘tdi. “Tolibon”*dan tashqari Afg‘oniston hududida oralarida sobiq SSSRda tug‘ilganlar bo‘lgan “Al-Qoida”**, “O‘IH”**, “Ansarulloh jamoati”** va qator boshqa guruhlarning bir necha ming jangarilari bor. Bu tashkilotlar Afg‘onistonni kengayish uchun makon sifati ko‘rib chiqishmoqda va Markaziy Osiyo davlatlari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdiddir. Ular bir vaqtning o‘zida so‘nggi yillarda toliblar yaqindan hamkorlik qilib kelishgan.
“Jihod” davom etmoqda: ID* O‘zbekistonga tahdid solmoqda
Qurolli mojaro yakunlariga ko‘ra afg‘on jangarilari soni 500 ming kamida bo‘lgan va “Black Hawk” jangovar vertolotlar, bir necha o‘nlab tanklar, artilleriyaga, jumladan, “Grand” zalp bilan otiladigan tizimlarga ega bo‘lishgan. Bularning bari ularga eski rejim armiyasidan qolgan. Afg‘on armiyasi GFPning 2020-yildagi harbiy qudrat reytingida Tojikiston va Turkmaniston sezilarli ortta qoldirgan. Bundan kelib chiqadiki, uni yenggan jangarilar qo‘shnilar uchun tahdid tug‘dirishadi.

Yangi harbiy siyosat

Yangi shart-sharoitlarda mintaqa mamlakatlari xavfsizlik sohasidagi hamkorlarini uzil-kesil aniqlab olmoqlari zarur. A’zolar orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston bo‘lgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) mintaqada muhim rolga ega bo‘lmoqda. Qolaversa, Tashkilotning sentabrdagi sammitiga, unda a’zoligini qayta tiklamagan, lekin yangi shart-sharoitlarda say’-harakatlarni birlashtirish zarur deb hisoblagan, O‘zbekiston qo‘shildi.
Suriyada xalqaro terrorimzga qarshi kurashda tajribaga ega Rossiya KXShTning asosiy kuchi bo‘lib qolmoqda. Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston harbiylari qatnashgan avgustdagi jangarilar hujumini qaytarish bo‘yicha mashg‘ulotlarda Rossiya armiyasi 72 foiz shaxsiy tarkib va 84 foiz harbiy texnikani taqdim etgan. Shuningdek, Rossiya bosh shtabi hozir afg‘on chegarasidagi harbiy infratuzilmalarni mustahkamlashda asosiy rolni o‘ynamoqda.
Qaynoq Markaziy Osiyo: respublikalar harbiy kuchlarini qanday birlashtirmoqda
Amerikaning Afg‘onistondagi sharmandali mag‘lubiyati mintaqada AQSh va NATO bilan harbiy hamkorlikka bo‘lgan qiziqishning jadal so‘nishiga olib keldi. KXShT mamlakatlari “Afg‘onistonda bo‘lgan AQSh va boshqa NATO mamlakatlarining harbiy infratuzilmalari obyektlarini hamda chet el harbiylari bilan hamkorlik qilgan afg‘on fuqarolarini o‘z hududiga joylashtirishga qarshi chiqish” borasidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishdi. Amerikaning o‘z hududida harbiy obyektlarini tashkil etish taklifini ko‘rib chiqishdan bosh tortgan O‘zbekiston bu pozitsiyani rasman qo‘llab-quvvatladi.
Bundan tashqari, yozda NATO mamlakatlari va Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qozog‘iston va O‘zbekiston qatnashgan, har yilgi “Dasht burguti” mashg‘ulotlari bekor qilindi. Afg‘on urushi alyans kuchlarining samarasizligini ko‘rsatdi. Axir afg‘on armiyasi NATOdan chetdagi ustuvor ittifoqchisi sanalgandi va AQSh ko‘magida 20-yil ichida qurilgandi. Va bu armiya bir necha oy mobaynida toliblar tomonidan tor-mor etildi.
O‘zbekiston MOda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi - Mirziyoyev
Bu nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun mintaqa, muammo tug‘ilganda osongina jang maydoni tashlab ketadigan G‘arb armiyasiga suyanmagan, yangi xavfsizlik tizimiga muhtojligini ko‘rsatdi.

Yillik siyosiy voqealar

Koronavirus pandemiyasi davom etgani va kuchli qurg‘oqchilikka qaramasdan, mintaqadagi 2021-yilgi siyosiy hodisalar tinch o‘tdi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda saylovlar bo‘lib o‘tdi. Yanvardagi saylovlarda 80 foiz ovoz olgan yangi Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning muvaffaqiyati eng ko‘zga ko‘rinarli bo‘ldi. Uning ovozlari o‘tmishdoshi Jeenbekov 2017-yilda olgan ovozlarga qaraganda, 20 foizga va 100 mingga ko‘proq bo‘ldi.
Shuningdek, Qirg‘iziston prezidenti uchun u taklif qilgan yangi konstitutsiya referendumi va noyabrdagi parlament saylovlari muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Ko‘pchilik saylovlardan so‘ng mamlakatni 2020-yil oktabrida bo‘lgani kabi tartibsizliklar to‘lqini qamrab olishidan xavotir olishgandi. Biroq qirg‘iz jamiati ayrim muxolifat partiyalarning e’tirozlariga qaramay saylovlar natijalarini qabul qildi.
Qozog‘istondagi 2021-yil yanvaridagi parlament saylovlari murakkabroq o‘tdi. Hukmron partiya “Nur-Otan” aksariyat ovozlarni oldi, lekin 2016-yil bilan taqqoslaganda 10 band va 1 million ovozni yo‘qotdi.
Shuningdek, joriy yilda qayta saylangan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning saylov natijasi salbiy dinamikani ko‘rsatdi. 2016-yilga qaraganda u 3 millionta kamroq ovoz oldi. Qo‘llab-quvvatlashning yuqori darajasiga qaramasdan (80 foizdan ziyod) O‘zbekistonda, qo‘shni Qozog‘istonda bo‘lgani kabi, ijtimoy tanglikning o‘sishi bor va hukumat jamiyat oldida yuzaga kelayotgan muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topishi kerak.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi

Pandemiyaga qarshi kurashishning yangi davri

COVID-19 pandemiyasi mintaqa hayotida jiddiy iz qoldirdi, shuning uchun yilning eng muhim voqealaridan biri vaksina tarqatilishi bo‘ldi.
Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi birinchi bo‘ldi. U Markaziy Osiyoda test sinovlari yakunlashi bilan paydo bo‘ldi. Undan mintaqaning har besh respublikasida uni xarid qilib yoki insonparvarlik yordami doirasida olib foydalanilmoqda.
Rossiya vaksinasini 114 million dollarga xarid qilgan Qozog‘iston uning eng yirik xaridori bo‘ldi. Qolaversa, Qarag‘andada “Sputnik V” va “Sputnik-Layt” vaksinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. “Sputnik” bilan respublikaning 80 foizdan ziyod fuqarosi, jumladan, Nursulton Nazarboyev, prezident Qasim-Jomart Toqayev, bosh vazir Askar Mamin emlangan.
Rossiyadan O‘zbekistonga yangi turdagi vaksina olib kelindi
“Sputnik”ni ishlab chiqarish O‘zbekistonda ham yo‘lga qo‘yilgan, Qirg‘iziston esa yozdan buyon korxonani ochish borasida muzokaralar olib bormoqda. Boshqa mamlakatlar Rossiya vaksinasini import ko‘rinishida olishmoqda. Qolaversa, mintaqa aholisining bir qismi Rossiyada olib borilayotgan xorijliklarni emlash doirasida emlangan. Xususan, Moskva va Peterburgda xorijliklarni emlashga oid ko‘plab punktlar ochilgan.
Turli davlatlarda emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlarni tan olish bilan bog‘liq masalalar hozir hal qilinmoqda, lekin “Sputnik”ning Markaziy Osiyo aholisi hayoti va xavfsizligi uchun tibbiy ahamiyatga ega ekanligi shubhasiz.
Ommaviy emlash – har bir davlatda pandemiyaga qadar hayot tarziga qaytish yo‘lidagi eng muhim davr.
O‘zbekiston MDHga a’zo bo‘lishdan qanday afzalliklarga ega bo‘ldi

Hamkorlik muvaffaqiyatlari

Pandemiya, Afg‘onistondagi inqiroz, qurg‘oqchilikka qaramay 2021-yil hamkorlik rivojlanayotganini ko‘rsatdi. O‘zbekistonda “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan AES qurilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, uzoq ikkilanishdan keyin Qozog‘iston ham shunga o‘xshash loyihani o‘z hududida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Mintaqa mamlakatlarining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) doirasida hamkorligi rivojlanmoqda. Yerevandagi tashkilotning navbatdagi sammitida kredit tarixlari bilan almashish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu Ittifoqqa a’zo mamlakatlar fuqarolarining uning hududidagi har qanday yerda kredit olishiga imkon beradi. Umumiy dori-vositalari bozori yaratish, notarif to‘siqlarni olib tashlash va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘shimcha hujjatlar tasdiqlangan.
YeOIIga tez orada O‘zbekiston ham qo‘shilishi mumkin. Yevroosiyo kengashining navbatdagi majlisida respublika 2022-yilda o‘zining kamida 22 ta texnik reglamentlarini birlashma andozalariga mos keltirishini bildirdi. Bundan tashqari, bosh vazir Abdulla Aripov YeOII mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishni kengaytirishga oid qator aniq takliflarni ilgari surdi.
YeOII va O‘zbekiston: Mirziyoyev muhim vazifalarni sanab o‘tdi
Bu har kunlik rejali va diplomatik ish terrorizm, pandemiya va dunyodagi keskinlik haqidagi noxush xabarlar ortidan ikkinchi o‘rinda qolib ketmoqda. Biroq ko‘pincha bu ish mintaqa hayoti uchun eng muhim ahamiyatga ega.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
** Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0