https://oz.sputniknews.uz/20211228/britaniyaliklar-ukrainadan-qochishga-hozirlanishmoqda-21986886.html
Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda
Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Britaniya harbiylari, vaziyat shuni taqozo qilsa, Ukrainadan “juftakni rostlashga” shaylar. 28.12.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-12-28T16:12+0500
2021-12-28T16:12+0500
2021-12-28T16:23+0500
kolumnistlar
ukraina
buyuk britaniya
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1c/21978373_0:13:3595:2035_1920x0_80_0_0_a4e61e59a15f009cc3d7d49c99d7f69b.jpg
Evakuatsiya rejalari haqida Angliyaning “Daily Express” nashri barchani uning askarlari ukrain hududida ruslar bilan jang qilmasligiga ishontirgan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga tayangan holda xabar qildi. Vazir buning “bo‘lish ehtimoli g‘oyat kam” ekanini aytgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat britaniyaliklar Yavorov shahri hududida joylashgan va u yerdan Polshagacha bir qadam. Agar “Rossiya bilan urush boshlangudek bo‘lsa”, ularni o‘sha yoqqa evakuatsiya qilishmoqchi.Ukrainadagi Britaniya harbiylari soni haqida aniq ma’lumot yo‘q. Britaniya mudofaa vazirligi saytida quyidagilar yozilgan: “Britaniya armiyasi, <…> dala va tibbiyot tayyorgarliklaridan boshlab snayper, zihrli texnika va artilleriya kurashiga oid kurslargacha, ukrain qurolli kuchlarini mashq qildirib, Ukrainaga yordam bermoqda”.U yerga, dala instruktorlaridan tashqari, kibertahdidning oldini olish bo‘yicha (bir vaqtning o‘zida yaratish bo‘yicha ham) mutaxassislar yuborilgani ma’lum. Donesk xalq respublikasi (DXR) razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Donbassning Kiyevning nazorati ostida qismida hozir kimyo quroli bo‘yicha Britaniya mutaxassislari guruhi bo‘lib turibdi. DXR dushman zaharli moddalar bilan hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida xulosa chiqargan.2018 yilda Ukraina hududida Oliyhazratlari armiyasining 77-gibrid brigadasi harbiy xizmatchilari faoliyat yuritayotgani haqidagi xabar paydo bo‘lgandi. Brigada “yangi urush va mojarolar chaqiriqlariga barcha imkoniyatlarni bir butun” qilish uchun tuzilgani aytilgan. Chunki jang maydonidagi xatti-harakatlar hamisha ham faqat zo‘ravonlikni talab qilmaydi, boshqacha qilib aytganda, axborot urushini olib borish uchun.Rossiyaning G‘arbga ultimatumi: u qabul qilinmasa nima bo‘ladi?So‘nggisi, ayniqsa, “Rossiya tomonidan harbiy tahdid” bo‘rttirilayotgan vaqtda London uchun alohida ahamiyatga ega. 2015-yilda bo‘lgani kabi Ukraina uchun harbiy katerlarni qurish yoki u yerga eski “Samson” BTRlarini jo‘natilgandan ko‘ra muhimroq ahamiyatli.Kun ora Britaniya nashrlarida “Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanayotgan” Rossiya haqidagi xabarlar chop qilinib turibdi.Agar bunga bahona bo‘lmasa, Britaniyaning xavfsizlik masalalari bo‘yicha vaziri Demian Haydnsdek harakat qilish mumkin: U shunchaki Rossiyani Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya bilan bir qatorda Buyuk Britaniya uchun eng xavfli mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi: “Ular axborot operatsiyalarini o‘tkazishlari mumkin va o‘tkazishapti va ularda turli yo‘llar bilan qatnashishapti”.Bu boradagi Londonning o‘zining g‘ayratli harakatlari haqida vazir lom-mim demadi. U maqtangulik narsalar ham edi-ku.Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar arafasida Angliyada o‘ta g‘ayrat bilan “ayyor” Kreml timsolini yaratishmoqda. Asosiy vazifa – NATO va Rossiya o‘rtalaridagi munosabatlarda ro‘y berayotgan narsalarning xolis bahosiga yo‘l qo‘ymaslik.NATO “Rossiya rejimi” bilan Estoniyada tank jangiga kirishdiRossiya uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilayotib, Vladimir Putin aniq pozitsiyani bildirdi. “Rossiya o‘z chegaralarida begona guruhlarni ko‘rishni istamaydi. Bu tushunish unchalik qiyin emas. Tasavvur qiling, agar Xitoy Kanada bilan ittifoq tuzsa, nima bo‘lgan bo‘lardi? Qudratli davlatlar bunga chidamaydi” – Boston universiteti professori Joshua Shifrinson Putinning talablarini adolatli deb hisoblaydi. Qo‘shimcha qilish joizki, gap Rossiyaga nisbatan oldindan adovatli bo‘lgan NATO va Ukraina bilan bog‘liq alyans haqida bormoqda.Butun G‘arb pozitsiyasi – oshkora narsani har qanday yo‘l bilan bo‘lsada, tan olmaslik. “NATO mamlakatlari orqali (Ukrainaga) qurol-yaroq yetkazib berish yo‘llarini ochish ustuvor bo‘lishi shart <…>. Ukraina Yevropa xavfsizligini asosiy masalasi ekani va ittifoqchilar Rossiya bilan qo‘shma iqtisodiy loyihalardan, masalan, “Shimoliy oqim-2”dan bosh tortishga tayyorligini aniq belgilab olmoq zarur”, - deya yozadi Britaniyaning “Chatham House” tahliliy markazi xodimi Orisya Lutsevich, ukrainaliklarning jang qilishga shayligi xususida mulohaza yuritayotib. – Ukrainani qo‘llarida qurol bilan himoya qilishga tayyorliklarini uning 60 foiz fuqarosi bildirgan”.Avvaliga Londonning, keyin Nyu-Yorkning “Tayms”i “Rossiya hujumi taqdirida” partizan urushini olib borish uchun Kiyev yaqinida mashq qilayotgan Ukrainaning zaxiradagi askarlarini borasida o‘xshash maqolalar chop qildi. “Qanchalik ko‘p tobut jo‘natsak, ruslar shunchalik chuqur o‘ylashadi”, - deya ular Britaniya va Amerikadagi o‘quvchilar bilan o‘z orzulari bilan bo‘lishishgan.Rossiya TIV NATO bilan xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarning asosiy masalalarini ma’lum qildi“Partizanlarning” jangovar shayligi London eksperti Lutsevichnikiga qaraganda Nyu-York nashrida ancha past baholangan: “Ukraina uchun” urush qilishga 60 emas, 24 foiz kishi tayyor. Bunday mos kelmaslik tadqiqotning xolisligi yuzasidan qator savollarni keltirib chiqaradi, agarda u haqiqatdan ham o‘tkazilgan bo‘lsa. G‘arb matbuotida ukrainlar o‘rniga ular buni xohlashadimi yoki yo‘qmi degan savollarga o‘zlari javob bergan holda ularni piyoda sifatida yo‘rg‘alatishmoqda.“Arab” bahori aylantirilgan yillarda shunga o‘xshash narsalar sodir bo‘lgandi. O‘shanda ham rejimlarning qattiqqo‘lligi va jasur qarshilik ko‘rsatishlar haqida yozib, keyin qurbonlari soni sanash va ular xunini “zolim va mustabidlar” bo‘yniga ilish uchun oshkorga ig‘volarni dastaklashgandi. Va ularni shubhasiz jazolash zarur deb jar solishgandi.Putin Ukraina yangi harbiy operatsiyani tayyorlayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdiAfg‘onistonda dakki yeb, NATO ittifoqchilari o‘z shakllarini o‘zgartirib olishdi: ma’lum bo‘lishicha, ular shunchaki “dunyoning boshqa qismlaridagi harakatlar uchun kuchlarni ozod qilishgan”. Kobuldan qochishni davlat kotibi Entoni Blinkin shunday tushuntirdi.Endi aynan qayerda “harakat qilishmoqchi”, u buni ochiqlamadi. Ammo Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizlik o‘z izini qoldirmay ketmadi: “Putinning Ukrainaga bostirib kirishi” atrofidagi vasvasani bo‘rttirib, britaniyalik harbiy boshliqlar u yerdan qochishga tayyorliklarini bildirishdi.Uzoqni o‘ylab qilingan ish. Yana nima ham deyish mumkin.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Xabarov Aleksandr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1c/21987086_1:0:101:100_100x100_80_0_0_b996dc3e5d15a7152079fc1f7b3b1e9a.jpg
Xabarov Aleksandr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1c/21987086_1:0:101:100_100x100_80_0_0_b996dc3e5d15a7152079fc1f7b3b1e9a.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1c/21978373_432:0:3163:2048_1920x0_80_0_0_c00e632423e9796dd03764da2344518d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Xabarov Aleksandr
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1c/21987086_1:0:101:100_100x100_80_0_0_b996dc3e5d15a7152079fc1f7b3b1e9a.jpg
kolumnistlar, ukraina, buyuk britaniya, nato
kolumnistlar, ukraina, buyuk britaniya, nato
Britaniyaliklar Ukrainadan qochishga hozirlanishmoqda
16:12 28.12.2021 (yangilandi: 16:23 28.12.2021) Buyuk Britaniya harbiylari, vaziyat shuni taqozo qilsa, Ukrainadan “juftakni rostlashga” shaylar.
Evakuatsiya rejalari haqida Angliyaning “Daily Express” nashri barchani uning askarlari ukrain hududida ruslar bilan jang qilmasligiga ishontirgan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesga tayangan holda xabar qildi. Vazir buning “bo‘lish ehtimoli g‘oyat kam” ekanini aytgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, aksariyat britaniyaliklar Yavorov shahri hududida joylashgan va u yerdan Polshagacha bir qadam. Agar “Rossiya bilan urush boshlangudek bo‘lsa”, ularni o‘sha yoqqa evakuatsiya qilishmoqchi.
Ukrainadagi Britaniya harbiylari soni haqida aniq ma’lumot yo‘q. Britaniya mudofaa vazirligi saytida quyidagilar yozilgan: “Britaniya armiyasi, <…> dala va tibbiyot tayyorgarliklaridan boshlab snayper, zihrli texnika va artilleriya kurashiga oid kurslargacha, ukrain qurolli kuchlarini mashq qildirib, Ukrainaga yordam bermoqda”.
U yerga, dala instruktorlaridan tashqari, kibertahdidning oldini olish bo‘yicha (bir vaqtning o‘zida yaratish bo‘yicha ham) mutaxassislar yuborilgani ma’lum. Donesk xalq respublikasi (DXR) razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Donbassning Kiyevning nazorati ostida qismida hozir kimyo quroli bo‘yicha Britaniya mutaxassislari guruhi bo‘lib turibdi. DXR dushman zaharli moddalar bilan hujum qilishga tayyorlanayotgani haqida xulosa chiqargan.
2018 yilda Ukraina hududida Oliyhazratlari armiyasining 77-gibrid brigadasi harbiy xizmatchilari faoliyat yuritayotgani haqidagi xabar paydo bo‘lgandi. Brigada “yangi urush va mojarolar chaqiriqlariga barcha imkoniyatlarni bir butun” qilish uchun tuzilgani aytilgan. Chunki jang maydonidagi xatti-harakatlar hamisha ham faqat zo‘ravonlikni talab qilmaydi, boshqacha qilib aytganda, axborot urushini olib borish uchun.
So‘nggisi, ayniqsa, “Rossiya tomonidan harbiy tahdid” bo‘rttirilayotgan vaqtda London uchun alohida ahamiyatga ega. 2015-yilda bo‘lgani kabi Ukraina uchun harbiy katerlarni qurish yoki u yerga eski “Samson” BTRlarini jo‘natilgandan ko‘ra muhimroq ahamiyatli.
Kun ora Britaniya nashrlarida “Ukrainaga hujum qilishga tayyorlanayotgan” Rossiya haqidagi xabarlar chop qilinib turibdi.
Agar bunga bahona bo‘lmasa, Britaniyaning xavfsizlik masalalari bo‘yicha vaziri Demian Haydnsdek harakat qilish mumkin: U shunchaki Rossiyani Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya bilan bir qatorda Buyuk Britaniya uchun eng xavfli mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi: “Ular axborot operatsiyalarini o‘tkazishlari mumkin va o‘tkazishapti va ularda turli yo‘llar bilan qatnashishapti”.
Bu boradagi Londonning o‘zining g‘ayratli harakatlari haqida vazir lom-mim demadi. U maqtangulik narsalar ham edi-ku.
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar arafasida Angliyada o‘ta g‘ayrat bilan “ayyor” Kreml timsolini yaratishmoqda. Asosiy vazifa – NATO va Rossiya o‘rtalaridagi munosabatlarda ro‘y berayotgan narsalarning xolis bahosiga yo‘l qo‘ymaslik.
Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilayotib, Vladimir Putin aniq pozitsiyani bildirdi. “Rossiya o‘z chegaralarida begona guruhlarni ko‘rishni istamaydi. Bu tushunish unchalik qiyin emas. Tasavvur qiling, agar Xitoy Kanada bilan ittifoq tuzsa, nima bo‘lgan bo‘lardi? Qudratli davlatlar bunga chidamaydi” – Boston universiteti professori Joshua Shifrinson Putinning talablarini adolatli deb hisoblaydi. Qo‘shimcha qilish joizki, gap Rossiyaga nisbatan oldindan adovatli bo‘lgan NATO va Ukraina bilan bog‘liq alyans haqida bormoqda.
Butun G‘arb pozitsiyasi – oshkora narsani har qanday yo‘l bilan bo‘lsada, tan olmaslik. “NATO mamlakatlari orqali (Ukrainaga) qurol-yaroq yetkazib berish yo‘llarini ochish ustuvor bo‘lishi shart <…>. Ukraina Yevropa xavfsizligini asosiy masalasi ekani va ittifoqchilar Rossiya bilan qo‘shma iqtisodiy loyihalardan, masalan, “Shimoliy oqim-2”dan bosh tortishga tayyorligini aniq belgilab olmoq zarur”, - deya yozadi Britaniyaning “Chatham House” tahliliy markazi xodimi Orisya Lutsevich, ukrainaliklarning jang qilishga shayligi xususida mulohaza yuritayotib. – Ukrainani qo‘llarida qurol bilan himoya qilishga tayyorliklarini uning 60 foiz fuqarosi bildirgan”.
Avvaliga Londonning, keyin Nyu-Yorkning “Tayms”i “Rossiya hujumi taqdirida” partizan urushini olib borish uchun Kiyev yaqinida mashq qilayotgan Ukrainaning zaxiradagi askarlarini borasida o‘xshash maqolalar chop qildi. “Qanchalik ko‘p tobut jo‘natsak, ruslar shunchalik chuqur o‘ylashadi”, - deya ular Britaniya va Amerikadagi o‘quvchilar bilan o‘z orzulari bilan bo‘lishishgan.
“Partizanlarning” jangovar shayligi London eksperti Lutsevichnikiga qaraganda Nyu-York nashrida ancha past baholangan: “Ukraina uchun” urush qilishga 60 emas, 24 foiz kishi tayyor. Bunday mos kelmaslik tadqiqotning xolisligi yuzasidan qator savollarni keltirib chiqaradi, agarda u haqiqatdan ham o‘tkazilgan bo‘lsa. G‘arb matbuotida ukrainlar o‘rniga ular buni xohlashadimi yoki yo‘qmi degan savollarga o‘zlari javob bergan holda ularni piyoda sifatida yo‘rg‘alatishmoqda.
“Arab” bahori aylantirilgan yillarda shunga o‘xshash narsalar sodir bo‘lgandi. O‘shanda ham rejimlarning qattiqqo‘lligi va jasur qarshilik ko‘rsatishlar haqida yozib, keyin qurbonlari soni sanash va ular xunini “zolim va mustabidlar” bo‘yniga ilish uchun oshkorga ig‘volarni dastaklashgandi. Va ularni shubhasiz jazolash zarur deb jar solishgandi.
Afg‘onistonda dakki yeb, NATO ittifoqchilari o‘z shakllarini o‘zgartirib olishdi: ma’lum bo‘lishicha, ular shunchaki “dunyoning boshqa qismlaridagi harakatlar uchun kuchlarni ozod qilishgan”. Kobuldan qochishni davlat kotibi Entoni Blinkin shunday tushuntirdi.
Endi aynan qayerda “harakat qilishmoqchi”, u buni ochiqlamadi. Ammo Afg‘onistondagi muvaffaqiyatsizlik o‘z izini qoldirmay ketmadi: “Putinning Ukrainaga bostirib kirishi” atrofidagi vasvasani bo‘rttirib, britaniyalik harbiy boshliqlar u yerdan qochishga tayyorliklarini bildirishdi.
Uzoqni o‘ylab qilingan ish. Yana nima ham deyish mumkin.