Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini berganlik uchun yig‘im kamaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2021
Obuna bo‘lish
Endi tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji to‘lanmaydi.
TOShKENT, 28 dek – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi qarori 774-son bilan Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, endi tadbirkorlikni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji to‘lanmaydi.
Tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun guvohnoma berganlik uchun BHMning 20 foizi miqdorida (54 ming so‘m) yig‘im undiriladi. Ilgari BHMning 1 baravari miqdorida (270 ming so‘m) undirilgan.
Bundan tashqari, advokatlik litsenziyasini olishga oid arizalar adliya organlari tomonidan 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Ilgari 20 ish kuni edi.
Vasiylik va homiylik qilishga to‘sqinlik qiluvchi jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi. Ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinganlarning barchasiga cheklov mavjud edi.

Mavzuga oid:

YaTTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi
YaTTlar daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi
Davlat oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi
Yangiliklar lentasi
0