Ayrim davlat OTMlariga kontrakt narxini mustaqil belgilash huquqi berildi

© Pexels / Mikhail NilovNalogi
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2022-yildan 35ta davlat oliygohlariga qator moliyaviy amaliyotlarni mustaqil amalga oshirish huquqi berilmoqda.
TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Kelgusi yilning 1-yanvaridan boshlab, 35ta davlat OTMlariga bir qator moliyaviy amaliyotlarni mustaqil belgilash huquqi berildi. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining 24-dekabr kuni imzolangan 61-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
Qarorga ko‘ra, davlat OTMlarigi 2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar moliyaviy amaliyotlar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish huquqi beriladi:
kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
xorijiyan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.
Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.
Moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTMlari orasida TDUU, TDIU, JIDU, TATU, Sharqshunoslik, Transport universitetlari, O‘DJTU, Texnika universiteti, Kimyo-texnologiya va Farmatsevtika institutlari, SamDU, SamDTI, SamDChTI, Urganch, Qoraqalpoq, Buxoro, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Guliston Davlat universitetlari va boshqalar bor.
Yangiliklar lentasi
0