Oksana Chusovitina: O‘zbekiston uchun yana medal qo‘lga kiritmoqchiman - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Oksana Chusovitina Sputnik muxbiriga bergan eksklyuziv intervyusida - katta sportga qaytishga qaror qilgani, o‘zbek liboslariga munosabati va o‘z shousini yaratish orzusi haqida so‘zlab berdi.
O‘zbekiston sportining afsonasi, 8ta Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan tarixdagi yagona gimnastikachi Oksana Chusovitina Moskvaga uchib keldi va darhol "Lujniki"dagi repititsiyalarga ketdi. 25-dekabr kuni u "Sport afsonalari" shousida ishtirok etadi.
Oksana Chusovitinaning Sputnik muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, "Sport afsonalari" asoschisi - rossiyalik gimnastikachi, to‘rt karra Olimpiya chempioni Aleksey Nemov.

“U mening eng yaxshi do‘stim, u o‘sha davrning barcha yulduzlarini to‘pladi. Shouga kelinglar: hech qaysi davlatda bunday shou yo‘q, mana faqat Lesha qildi. Bilasizmi, men barchamiz bir jamoada qatnashgan vaqtlarimizni xotirlayman”, - dedi Oksana Chusovitina.

“Sport afsonalari”dagi har bir chiqish sahnalashtirilgan bo‘lib, Oksana Chusovitina unga maxsus spektakl tayyorlagan. Undan so‘ng u Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettiradi. “Men karyeramni yakunlayotganimni e’lon qilgandim, biroq O‘zbekiston uchun medal qo‘lga kiritmasdan yakunlay olmayman, degan qarorga keldim, – deydi Chusovitina katta sportga qaytish qarorini izohlarkan. “Mayli medal Olimpiadaniki emas, Osiyo o‘yinlariniki bo‘lsin. Ammo men medal qo‘lga kiritmoqchiman. Sekin asta tayyorgarlikni boshladim”.
Bundan tashqari, Oksana Chusovitina bu yili ochilishi e’lon qilingan maktabini rivojlantirishni davom ettiradi va o‘z shousini yaratishni orzu qiladi.
Sportchi bu loyihasi formatini qanday tasavvur qiladi? Oksana Chusovitina faoliyatini davom ettirish haqida qaror qilgan vaqtida kimning maslahatini olgan? O‘zbek liboslaridagi shov-shuvli fotosessiyasidan so‘ng u o‘zi uchun qandaydir kiyim olib qolganmi? Bularning barchasi haqida taniqli sportchi Sputnik O‘zbekiston YouTube kanaliga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Yangiliklar lentasi
0