ArMI-2022 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2022
ARMI-2022
ARMI - 2022: VIII Xalqaro armiya o‘yinlari, 13-27 avgust, 2022-yil.

“ArMI-2022”: O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi Moskvadagi konserensiyada ishtirok etdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishZdanie ministerstva oboroni RF
Zdanie ministerstva oboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiy delegatsiyasi “ArMI-2022” Xalqaro armiya o‘yinlari konferensiyasida ishtirok etdi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i Shavkatbek Mamajonov rahbarligidagi harbiy delegatsiyasi 22-24-dekabr kunlari Rossiya tomonining taklifiga binoan Moskvada “ArMI-2022” Xalqaro armiya o‘yinlari birinchi rejalashtiruvchi konferensiyasida ishtirok etdi.
Konferensiya maqsadi - “ArMI-2022”ni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalarni muhokama qilish.
Tadbirda Ozarbayjon, Aljir, Armaniston, Bangladesh, Belarus, Venesuela, Vyetnam, Zimbabve, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Xitoy, Myanma, Pokiston, Falastin, Saudiya Arabistoni, Serbiya, Tojikiston, Shri-Lanka va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari ishtirokchilar e’tiboriga “ArMI-2022”ning ba’zi musobaqalarini O‘zbekiston hududida o‘tkazish bo‘yicha respublika Mudofaa vazirligining takliflarini havola etdi.
Yangiliklar lentasi
0