Rossiyada omikron shtammini darhol aniqlaydigan test yaratildi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovaniya na COVID-19
Ekspress-testirovaniya na COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Rospotrebnadzor ilmiy markazlarida SARS-CoV-2 ning omikron variantini qo‘shimcha ravishda farqlaydigan test tizimlari ishlab chiqildi.
TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Rossiyada yangi test yaratildi. Uning yordamida kishi koronavirusning omikron shtammi bilan kasallangani yoki yo‘qligini darhol aniqlash mumkin. Bu haqda “Vektor” markazi bosh direktori Rinat Maksutov ma’lum qildi.
“Rospotrebnadzor ilmiy markazlarida ular SARS-CoV-2 ning nafaqat barcha variantlari aniqlashga imkon beradigan, balki omikron variantini qo‘shimcha ravishda farqlaydigan test tizimlari ishlab chiqildi”, - dedi Maksutov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U bunday test kishi koronavirus bilan kasallangani yoki yo‘qligini aniqlashga imkon berishi, agar natijasi musbat bo‘lsa, bu omikron ekani yoki emasligini bilish mumkinligini tushuntirdi.
Maksutov testlar hozir laboratoriya tadqiqotlaridan o‘tayotganini ta’kidladi. Undan keyin zarur bo‘lgada ro‘yxatdan o‘tkaziladi va foydalanish boshlanadi.

Koronavirusning omikron shtammi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19ning omikron shtammi 100 dan ziyod mamlakatda aniqlangan va tez sur’atlarda tarqalmoqda.
Tashkilotning ta’kidlashicha, omikron deltaga qaraganda juda tez tarqalmoqda. Ayrim davlatlarda har 1,5-3 kunda omikron holatlari ikki barobarga oshmoqda.
Omikron deb nomlangan koronavirusning yangi shtammi noyabrda Botsvana va Janubiy Afrika Respublikasida aniqlangan edi. JSST uni “xavotir tug‘diruvchi” deb tan olgan. Mutaxassislar yangi shtammni koronavirusni boshdan kechirganlar ham, emlanganlar ham yuqtirib olishi mumkin deb hisoblashmoqda.

Mavzuga oid:

“Omikron” sichqon va kalamushlarga yuqmoqda
Britaniya olimlari: omikron shtammi o‘pka uchun deltadek xavfli emas
"Omikron” biz o‘ylagandan ko‘ra xavfliroq bo‘lishi mumkin - JSST
Rossiyada koronavirusga qarshi “MIR 19” preparat ro‘yxatdan o‘tkazildi
Koronavirusning omikron shtammi belgilari ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0