https://oz.sputniknews.uz/20211223/rossiya-pandemiyadan-iqtisodiy-osish-bilan-chiqmoqda---putin-21914565.html
Rossiya pandemiyadan iqtisodiy o‘sish bilan chiqmoqda - Putin
Rossiya pandemiyadan iqtisodiy o‘sish bilan chiqmoqda - Putin
Sputnik O‘zbekiston
Pandemiyaning ikkinchi yili oxirida Rossiya iqtisodining o‘sishi yillik hisobda 4,27 % ni tashkil qilmoqda - Putin.
2021-12-23T14:35+0500
2021-12-23T14:35+0500
2021-12-23T15:13+0500
rossiya
vladimir putin
matbuot-anjuman
matbuot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19536925_0:92:2700:1611_1920x0_80_0_0_26678b26e4ca797042bb31f8ea115e7b.jpg
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Rossiya pandemiyadan iqtisodiy o‘sish bilan chiqmoqda, dedi Vladimir Putin, jurnalist savoliga javobida, yil oxirida bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy katta matbuot anjumani boshida.Pandemiyaning ikkinchi yili oxirida Rossiya iqtisodining o‘sishi yillik hisobda 4,27 % ni tashkil qilmoqda. Jumaladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat va investitsiyalar sohasida o‘sish darajasi bundan ham yuqori. Masalan investitsiyalar 7,6 %ni tashkil qilmoqda. Undan tashqari qurilish sohasida, natijalar juda yaxshi - ushbu yilda 90 mln. m2 turar joy qurib bitkazilgan. Shuningdek, aholining real daromadi 3,5 - 4 % ga o‘sgan. Bu 8% inflyatsiya xarajatlarini chiqarib tashlab hisobga olganda. Umumiy xulosa qilib aytganda, Rossiya hukumati va Markaziy Banki faoliyatini "qoniqarli", ular erishgan natijani "ijobiy" deb baholash mumkin, - dedi prezident. Ma’lumot uchun, Rossiya prezidentining bu yilgi katta matbuot anjumani - 18 chisi hisoblanadi va u oldingilaridan biroz farq qiladi. Birinchidan - ushbu anjuman oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni prezident va jurnalistlar bir joyda bitta binoning ichida uchrashishadi. Ikkinchidan, bu safar prezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi. Ular Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega bo‘lgan axborot agentliklari ham bor. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda bo‘lishni so‘rashgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/05/19536925_216:0:2485:1702_1920x0_80_0_0_a3200c3a0ea2457078e9a2705ff4b65c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya iqtisod o‘sishi 4,27 % putin.
rossiya iqtisod o‘sishi 4,27 % putin.
Rossiya pandemiyadan iqtisodiy o‘sish bilan chiqmoqda - Putin
14:35 23.12.2021 (yangilandi: 15:13 23.12.2021) Pandemiyaning ikkinchi yili oxirida Rossiya iqtisodining o‘sishi yillik hisobda 4,27 % ni tashkil qilmoqda - Putin.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Rossiya pandemiyadan iqtisodiy o‘sish bilan chiqmoqda, dedi Vladimir Putin, jurnalist savoliga javobida, yil oxirida bo‘lib o‘tayotgan an’anaviy katta matbuot anjumani boshida.
Pandemiyaning ikkinchi yili oxirida Rossiya iqtisodining o‘sishi yillik hisobda 4,27 % ni tashkil qilmoqda. Jumaladan, qishloq xo‘jaligi, sanoat va investitsiyalar sohasida o‘sish darajasi bundan ham yuqori. Masalan investitsiyalar 7,6 %ni tashkil qilmoqda.
Undan tashqari qurilish sohasida, natijalar juda yaxshi - ushbu yilda 90 mln. m2 turar joy qurib bitkazilgan.
"Bu oldin kuzatimagan, rekord natija, va ushbu natija bilan men soha vakillarini va bevosita ushbu qurilishlarda ishlayotganlarni ham tabriklayman", - dedi Vladimir Putin.
Shuningdek, aholining real daromadi 3,5 - 4 % ga o‘sgan. Bu 8% inflyatsiya xarajatlarini chiqarib tashlab hisobga olganda.
Umumiy xulosa qilib aytganda, Rossiya hukumati va Markaziy Banki faoliyatini "qoniqarli", ular erishgan natijani "ijobiy" deb baholash mumkin, - dedi prezident.
Ma’lumot uchun, Rossiya prezidentining bu yilgi katta matbuot anjumani - 18 chisi hisoblanadi va u oldingilaridan biroz farq qiladi. Birinchidan - ushbu anjuman oflayn formatda bo‘lib o‘tadi. Ya’ni prezident va jurnalistlar bir joyda bitta binoning ichida uchrashishadi.
Ikkinchidan, bu safar prezidentga savol berishni orzu qilgan jurnalistlar va jamoat faollari soni 507 kishini tashkil qiladi. Ular Rossiyaning turli burchaklari, jamiyatning turli qatlamlari, yirik va hududiy OAVlar, xorijiy OAV vakillaridan iborat. Ular orasida Rossiyada "inoagent" maqomiga ega bo‘lgan axborot agentliklari ham bor.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan, prezident va jurnalistlar orasida masofa kamida 20 metrni tashkil qiladi. Undan tashqari barcha jurnalistlardan niqobda bo‘lishni so‘rashgan.