Lavlagi ayollar uchun nimasi bilan foydali?

© Pixabay / Gyöngyi NagyKrasnaya svekla
Krasnaya svekla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Nutritsiologlarning fikriga ko‘ra, lavlagining ajoyib xususiyatlaridan biri shundaki, unga issiqlik bilan ishlov berilganda ham o‘zining foydali jihatlarini saqlab qoladi.
Lavlagi ayollar organizmi uchun eng foydali sabzavotlardan biri. Chunki unda betatsianin va yod kabi moddalar bor. Yod qalqonsimon bez uchun zarur bo‘lsa, betatsianin mushaklarni kuchaytiradi va asosan erkaklarga qaraganda ayollar ko‘p chalinadigan osteoporoz (skeletning barcha suyaklariga ta’sir qiladigan tizimli kasallik) bilan kurashishga yordam beradi.
Bundan tashqari, lavlagi kapillyarlar holatini yaxshilaydi va tomir devorlarini mustahkamlaydi, deydi Xalqaro Integrativ Nutritsiologiya Institutining ilmiy bo‘lim boshlig‘i Kseniya Boroda “Praym” agentligiga bergan intervyusida.
“Lavlagiga to‘q-qizil rangni beruvchi betatsianin pigmenti – kuchli antioksidant”, deya ta’qidladi mutaxassis.
Ushbu pigment nazoratsiz bo‘linadigan hujayralar o‘sishini sekinlashtiradi, deya qo‘shimcha qildi nutritsiolog Anno Drobisheva. Uning so‘zlariga ko‘ra, lavlagi jigar faoliyatini yaxshilaydi.
“Lavlagini menstruatsiya payti iste’mol qilish juda foydali, chunki sabzavot organizmda qon yo‘qotilishini tiklaydi”, deydi u.
Lavlagi issiqlik bilan ishlov berilganda ham foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Biroq, oshqozon-ichak trakti hamda qandli diabet bilan og‘rigan insonlarga lavlagini tez-tez iste’mol qilish mumkin emasligini doim yodda tutish lozim.
Mavzuga doir qiziqarli maqolalar:
Qanday mayonez foydali>>
Jigar uchun eng xavfli mahsulot>>
Yangiliklar lentasi
0