Eldor Shomurodov zaxiradan tushib gol urdi - video

© AFP 2023 / ANDREAS SOLAROEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.12.2021
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov A-seriyada o‘zining ikkinchi golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu golni hujumchi zahiradan tushganidan 5 daqiqa o‘tib urdi.
TOShKENT, 23 dek - Sputnik. Italiyaning A-seriyasida "Roma" va "Sampidoriya" o‘yinida Eldor Shomurodov zaxiradan tushib gol urdi.
O‘yinning 67-daqiqasiga qadar zahirada bo‘lgan o‘zbekistonlik hujumchi 72-daqiqada "Sampidoriya" jarima maydonchasida muhim golning muallifiga aylandi. Aytish joizki ushbu golni urish uchun Eldor uchta zarba berishiga to‘g‘ri keldi. Dastlabki ikki zarba raqib himoyachilari tomonidan bloklandi.
Keyinroq "Sampidoriya" ham gol urib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ushbu golga Joze Mourinoning reaksiyasisi ajoyib bo‘ldi. Buni videoning 20-soniyasida kuzatishingiz mumkin.
Eldor bo‘lib o‘tgan 15ta o‘yinda ikkita gol urishga va 3ta golli uzatma berishga muvaffaq bo‘ldi. "Roma" jamoasi Italiya A-seriyasida ayni damda 6-o‘rinda ketmoqda.
Yangiliklar lentasi
0