https://oz.sputniknews.uz/20211222/prezident-nazorati-shavkat-mirziyoev-okmkga-tashrif-buyurdi-21898234.html
Prezident nazorati: Shavkat Mirziyoyev OKMKga tashrif buyurdi
Prezident nazorati: Shavkat Mirziyoyev OKMKga tashrif buyurdi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
2021-12-22T17:32+0500
2021-12-22T17:32+0500
2023-04-05T18:35+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
olmaliq mis boyitish fabrikasi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21894924_0:55:1281:775_1920x0_80_0_0_95b5c1179169329450289f4929e6edd0.jpg
TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Toshkent viloyatiga Olmaliq tashrif buyurib, u yerda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.OKMKda olib borilayotgan ishlar haqida prezidentga batafsil ma’lumot berildi. Unda aytilishiga ko‘ra, 2017-yilda bu yerda yiliga 3 mln. m3 kon shlari bajarilgan bo‘lsa, bugungi kunda yiliga - 40 mln. m3ni tashkil qilmoqda. Bunday o‘sishga sabab - 500dan ortiq zamonaviy texnikalar olib kelishi bo‘lgan. Shavkat Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, ushbu kon boshqa konlarni rivojlantirishga xizmat qilishini ma’lum aytib o‘tdi. Ma’lumot uchun, OKMK - O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan biridir. Uning YaIMda - 7%, eksportda - 15 %ni tashkil qiladi. Kon hududi 11 ming gektar, yiliga 65 million tonna ma’dan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor. Ularni qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilmoqda.Loyiha doirasida, shuningdek, ohak zavodi, 650 megavattli elektr tarmog‘i va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etiladi. Jami 6 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.Aytish joizki, 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi - Rossiya bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Xususan, Rossiyaning "Uralmashzavod" korxonasidan umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan aspob-uskunalar sotib olish rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/16/21894924_0:0:1137:853_1920x0_80_0_0_6b6e511b97f132fe50f43bd7ff0a55ee.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev okmk qurilish kon rossiya uralmashzavod
shavkat mirziyoyev okmk qurilish kon rossiya uralmashzavod
Prezident nazorati: Shavkat Mirziyoyev OKMKga tashrif buyurdi
17:32 22.12.2021 (yangilandi: 18:35 05.04.2023) Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan shaxsan tanishdi.
TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Toshkent viloyatiga Olmaliq tashrif buyurib, u yerda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
OKMKda olib borilayotgan ishlar haqida prezidentga batafsil ma’lumot berildi. Unda aytilishiga ko‘ra, 2017-yilda bu yerda yiliga 3 mln. m3 kon shlari bajarilgan bo‘lsa, bugungi kunda yiliga - 40 mln. m3ni tashkil qilmoqda. Bunday o‘sishga sabab - 500dan ortiq zamonaviy texnikalar olib kelishi bo‘lgan.
Shavkat Mirziyoyev aytishiga ko‘ra, ushbu kon boshqa konlarni rivojlantirishga xizmat qilishini ma’lum aytib o‘tdi.
"Bu kon - katalizator. Uni samarali o‘zlashtirish bilan birga kichik konlar bo‘yicha ham yangi yo‘nalish qilish kerak. Bu ham qo‘shimcha ish o‘rinlari, katta eksport degani", - dedi prezident.
Ma’lumot uchun, OKMK - O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan biridir. Uning YaIMda - 7%, eksportda - 15 %ni tashkil qiladi. Kon hududi 11 ming gektar, yiliga 65 million tonna ma’dan qazib olish quvvatiga ega. Bu konda oltin, mis, kumush, molibden, selen kabi 13 turdagi qimmatli va nodir metallar bor. Ularni qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasi qurilmoqda.
Loyiha doirasida, shuningdek, ohak zavodi, 650 megavattli elektr tarmog‘i va boshqa infratuzilma obyektlari barpo etiladi. Jami 6 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.
Aytish joizki, 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi - Rossiya bilan hamkorlik asosida amalga oshiriladi. Xususan, Rossiyaning "Uralmashzavod" korxonasidan umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan aspob-uskunalar sotib olish rejalashtirilgan.