Aholining ayrim qatlamiga 800 ming so‘mdan bir martalik yordam puli tarqatiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2021
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan dekabr oyida aholining ayrim toifalariga bir martalik moddiy yordam beriladi.
TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev "Aholining kam ta’minlangan qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
2021 yilning dekabr oyida aholining quyidagi qatlamlariga kiruvchi oilalarga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi:
2021 yil davomida "temir daftar" ro‘yxatida bo‘lgan oilalarga;
18 yoshga to‘lmagan farzandlari bor boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarga;
18 yoshgacha bolalar uchun nogironlik nafaqasini oluvchi oilalarga.
Yangiliklar lentasi
0