https://oz.sputniknews.uz/20211221/qanday-mahsulotlarda-shakar-yashiringanini-bilasizmi-21861851.html
Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi
Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi
Sputnik O‘zbekiston
Qanday mahsulotlar tarkibida “yashiringan” shakar bor va buni qanday aniqlash mumkin? Bu haqida Vinogradov nomidagi shifoxonasi klinik diyetologiya bo‘limi mudirasi Yuliya Pigareva Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
2021-12-21T05:40+0500
2021-12-21T05:40+0500
2021-12-21T14:36+0500
jamiyat
shakar
shifokorlar tavsiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/15/21876297_0:77:2048:1229_1920x0_80_0_0_b7a85ea45a3878909d09eaf094978768.jpg.webp
Qanday mahsulotlar tarkibida “yashiringan” shakar bor va buni qanday aniqlash mumkin? Bu haqida V.V.Vinogradov nomidagi shifoxonasi klinik diyetologiya bo‘limi mudirasi, tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt, diyetolog Yuliya Pigarova Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.“Ba’zi insonlar butunlay shakardan voz kechdim deb xato o‘ylaydilar,- deydi u.- Gazli ichimliklardan tortib musli (to‘g‘ralgan mevalar, yong‘oqlar va boshqa turli donlardan tayyorlangan nonushta uchun tayyor yorma)gacha va yana ko‘p mahsulotlarda shakar “yashiringan” bo‘ladi”.“Birinchi o‘rinda - gazli ichimliklar: ular tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor. Shirin ichimliklarni odam ko‘proq ichishi mumkin. Asosan tomat pastasidan tayyorlangan souslar, turli xil ketchuplar. Odatda, odamlar bu kabi mahsulotlarda keragidan ortiq shakar borligini bilmaydi. Shuningdek, mevali yogurtlar va tvorogli masalliqlar, shirin sutli mahsulotlar, turli xil yormalar va nonushta uchun tayyor mahsulotlarda ham shakar ko‘p”, deydi PigarovaInson bir sutkada o‘rtacha 1700 kilokaloriy sarf qiladi. JSST tavsiyasiga ko‘ra, ratsionda oddiy uglevodlar hissasi 5-10% dan oshmasligi kerak. Bu degani, biz iste’mol qilayotgan mahsulotlarda to‘qqiz choy qoshiqdan oshmagan miqdorda shakar bo‘lishi kerak. Mahsulotning kaloriyaliligini va uning tarkibidagi oddiy uglevodlarni aniqlash uchun mahsulot yorlig‘ini diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, deydi mutaxassis“Masalan, tarkibga ko‘ra mahsulotda shakar yo‘q, ammo baribir, unga topinambura, agava kabi turli sirop qo‘shilgan bo‘ladi. Bu esa oddiy shakar degani. Tibbiyotda tabiiy shirinlashtiruvchi vositalar oddiy shakarga qaraganda afzalroq, biroq shunda ham uning qancha miqdorda iste’mol qilinishi muhim. Bunday oddiy shakarlar bir sutkalik kaloriyalik hajmi bilan hisoblanishi kerak. Bunda mahsulot yorlig‘ini o‘qish juda muhim”, deya ta’kidladi Pigarova.“Agar mahsulot tarkibida baribir shakar bo‘ladigan bo‘lsa, unda shakar eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak, (yorliqlarda mahsulotning tarkibiy qismi ular miqdorining kamligiga qarab ko‘rsatiladi,- tahr.sharhi), deydi diyetologMavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/15/21876297_154:0:1895:1306_1920x0_80_0_0_73ae60600b2d1804b848f9a981e4e2e8.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shakar qaysi mahsulotlarda shakar bor shakarli mahsulotlar
shakar qaysi mahsulotlarda shakar bor shakarli mahsulotlar
Qanday mahsulotlarda shakar “yashiringanini” bilasizmi
05:40 21.12.2021 (yangilandi: 14:36 21.12.2021) Diyetolog Pigareva: gazli ichimliklar, souslar, sut mahsulotlari va muslida shakar “yashiringan”
Qanday mahsulotlar tarkibida “yashiringan” shakar bor va buni qanday aniqlash mumkin? Bu haqida V.V.Vinogradov nomidagi shifoxonasi klinik diyetologiya bo‘limi mudirasi, tibbiyot fanlari nomzodi, terapevt, diyetolog Yuliya Pigarova Sputnik radiosiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ba’zi insonlar butunlay shakardan voz kechdim deb xato o‘ylaydilar,- deydi u.- Gazli ichimliklardan tortib musli (to‘g‘ralgan mevalar, yong‘oqlar va boshqa turli donlardan tayyorlangan nonushta uchun tayyor yorma)gacha va yana ko‘p mahsulotlarda shakar “yashiringan” bo‘ladi”.
“Birinchi o‘rinda - gazli ichimliklar: ular tarkibida ko‘p miqdorda shakar bor. Shirin ichimliklarni odam ko‘proq ichishi mumkin. Asosan tomat pastasidan tayyorlangan souslar, turli xil ketchuplar. Odatda, odamlar bu kabi mahsulotlarda keragidan ortiq shakar borligini bilmaydi. Shuningdek, mevali yogurtlar va tvorogli masalliqlar, shirin sutli mahsulotlar, turli xil yormalar va nonushta uchun tayyor mahsulotlarda ham shakar ko‘p”, deydi Pigarova
Inson bir sutkada o‘rtacha 1700 kilokaloriy sarf qiladi. JSST tavsiyasiga ko‘ra, ratsionda oddiy uglevodlar hissasi 5-10% dan oshmasligi kerak. Bu degani, biz iste’mol qilayotgan mahsulotlarda to‘qqiz choy qoshiqdan oshmagan miqdorda shakar bo‘lishi kerak. Mahsulotning kaloriyaliligini va uning tarkibidagi oddiy uglevodlarni aniqlash uchun mahsulot yorlig‘ini diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, deydi mutaxassis
“Masalan, tarkibga ko‘ra mahsulotda shakar yo‘q, ammo baribir, unga topinambura, agava kabi turli sirop qo‘shilgan bo‘ladi. Bu esa oddiy shakar degani. Tibbiyotda tabiiy shirinlashtiruvchi vositalar oddiy shakarga qaraganda afzalroq, biroq shunda ham uning qancha miqdorda iste’mol qilinishi muhim. Bunday oddiy shakarlar bir sutkalik kaloriyalik hajmi bilan hisoblanishi kerak. Bunda mahsulot yorlig‘ini o‘qish juda muhim”, deya ta’kidladi Pigarova.
“Agar mahsulot tarkibida baribir shakar bo‘ladigan bo‘lsa, unda shakar eng oxirgi o‘rinda bo‘lishi kerak, (yorliqlarda mahsulotning tarkibiy qismi ular miqdorining kamligiga qarab ko‘rsatiladi,- tahr.sharhi), deydi diyetolog
Qondagi qand miqdorini kamaytirib yurish uchun nimalarga
ahamiyat berish lozim"Shirin og‘u": olimlar shakarning yangi xavfli
xususiyatini aniqladilar