O‘zbekistonlik qiz Osiyo go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘ldi - video

© Instagram / khashimovaaaaMargarita Muxamedjanova
Margarita Muxamedjanova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik Margarita Muhamedjanova Face of Asia go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘ldi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik Margarita Muhamedjanova Face of Asia nufuzli go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘ldi.
Tadbir shu kunlarda Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tdi.
Bu yil pandemiya sababli tanlov onlayn tarzda o‘tkazildi.
Saralash bosqichi uch bosqichdan iborat bo‘ldi. Finalga uch nafar ishtirokchi, ular orasida 25 yoshli Margarita ham chiqdi.
U O‘zbekistonning rasmiy vakili bo‘ldi va Face of Uzbekistan 2021 unvonini oldi.
Qiz 15 yoshida model bo‘lgan va hozirda Jmodels agentligi bilan ishlamoqda. Margarita turmushga chiqqan va ona bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0