Rossiyaning G‘arbga ultimatumi: u qabul qilinmasa nima bo‘ladi?

© Sputnik / Aleksey KudenkoVid na Pokrovskiy sobor
Vid na Pokrovskiy sobor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2021
Obuna bo‘lish
Mana uzoq yillardan buyon Rossiyada quyidagi siyosiy mem ommalashgan: “Biz prezidentni u o‘ta Putin bo‘lgani uchun emas, balki yetarlicha Putin bo‘lolmagani uchun tanqid qilamiz”.
Buning ma’nosi yaqqol ko‘zga tashlanadi – milliy rahbarning siyosatini qo‘llab-quvvatlagan holda, Rossiya fuqarolarining ko‘pchiligi, ko‘p xollarda uning qattiqqulroq, qat’iy va keskinroq bo‘lishini xohlashadi.
Putinga xos vazminligi, qarorlarni bosqichma-bosqich qabul qilish va kompromiss izlash, kezi kelganda do‘q-po‘pisa qilishga to‘g‘ri kelgan vaziyatlarda o‘zini o‘zini tuta bilishi hurmatga sazovor, biroq shu bilan birga bu, ma’lum kuchlar tomonidan kuchsizlik, ba’zida esa xattoki millat manfaatlariga nisbatan xiyonat, deb sanaladi. Ayniqsa bu tashqi siyosat bilan bog‘liq bo‘lganda, o‘tavatanparvarlar fikriga ko‘ra, Rossiya prezidenti ko‘p yillar davomida kechirib bo‘lmas yumshoqlik va ikkilanishga yo‘l qo‘ymoqda.
Yaxshiyamki, Putinning bunday yondashuvini oqilonaligi va strategik to‘g‘riligini mamlakat fuqarolarining ko‘pchiligi tushunishadi. Biroq Moskva kutilmaganda vazmin ritorikadan voz kechib, u yoki bu demarsh qilsa, oqibatda har qanday vaziyat - asabiylashishga majbur qiladi – shuning uchun bu har doim o‘ta oddiy vaziyatlarning belgisi, buning ortida kutilmagan voqealar va tub o‘zgarishlarni kutish mumkin.
O‘tgan jumada Rossiya aynan shunday qildi – Tashqi ishlar vazirligining AQSh va NATO bilan ommaga e’lon qilingan shartnoma loyihalari borasida ekspertlarning izohlarida “qizil chiziq” va xattoki “ultimatum” kabi iboralar muntazam uchrab turishi bejiz emas, ba’zi intonatsiyalarda esa ikkilanish va vahima sezilmoqda.
Bekorga emas. Rossiya davlati undan istashgan - ayrim siyosiy kuchlar esa hatto ko‘p yillar davomida talab qilgan narsani qildi. Biroq bu qadam tashqi siyosatimiz an’anaviy chizig‘iga ziddirki, bu g‘ayrioddiy narsa sodir bo‘layotganining aniq belgisi hisoblanadi. Gap harbiy masalalar haqida ketgani uchun kuchanish va asabiylashishga sabablar yanada ko‘payadi.
Vaziyat qariyb sakkiz yil davomida Rossiyaning G‘arb bilan munosabatlari bir qator keskin inqirozlarga uchragani bilan yanada og‘irlashtirmoqda. Moskvani turli vaziyatlarda gunohkor sifatida ko‘rsatuvchi zaharli tashqi siyosat muhitining chiyillagan ayblovlarga shunchalar o‘rganib qolindiki, davlat rahbariyati nima uchun shu vaqtda aynan shunday yo‘l tutilganini kechroq tushuntirishga to‘g‘ri keladi.
G‘arbda bizning davlatni Ukrainaga nisbatan agressiv yo‘l tutayotgani xaqidagi media-siyosiy dod-voyi sabablarini nima uchun yarim yil avval tushuntirilmadi. Nima uchun Skripal ishidan so‘ng yoki Donbass osmonida urib tushirilgan “Boing” yoki bizning Siriyada kimoviy xujum uyushtirishda ayblaganda emas? Nima uchun hozir? Nima o‘zgardi va yana nimani kutish kerak?
Albatta bu savolga javob ko‘p qatlam va turli jihatlar (nuqtayi nazar)ga ega.
Biroq, bu gal hal qiluvchi omil Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar, balki, ko‘proq siyosiy emas, iqtisodiyot bilan bog‘liq bo‘lgan jahondagi vaziyat ham asosiy faktorga aylandi. Chunki AQSh va uning yevropalik ittifoqdoshlarining global ustunligi, iqtisodiyot sohasiga yo‘nalishga qaratilgan - ular ushbu tizimning asosiy yo‘lboshchilari hisoblanishadi, undan ularning hissasiga nomutanosib bonuslar olishadi.
Shunday qilib, ehtimol o‘tayotgan 2021-yilning asosiy voqeasi – bu sayyoraga yopirilib kelayotgan global krizisning ochiq fazasiga o‘tish bo‘ldi, shu o‘rinda uning kengayishi G‘arbning o‘zida boshlangan.
AQSh va Yevropa davlatlarining moliyaviy va tartibga solish tuzilmalari endi o‘z fuqarolarini yuqori inflyatsiya qisqa muddatli va tez orada hamma narsa normal holatga qaytishiga ishontirmayapti. Ishlab chiqarish va logistika zanjirlari uzilmoqda, ko‘plab pozitsiyalar bo‘yicha tovar tanqisligi hayotning kundalik qismiga aylanmoqda. Energetika inqirozga bilan qoplanmoqda, energiya resurslarning narxlari esa rekord o‘rnatmoqda, bu esa fuqarolarning hamoniga tobora ko‘proq ta’sir qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mutaxassislari o‘g‘itlarning keskin tanqisligi sababli yangi yilda global oziq-ovqat inqirozining boshlanishi haqida dahshat bilan bashorat qilmoqda. Dunyoning yirik fond bozorlarida ulkan pufakchalar shishirilgan. Muammolar ro‘yxatini uzoq vaqt davom ettirish mumkin.
Ba’zida sodir bo‘layotgan hodisalarda hayratlanarli narsaning o‘zi yo‘q degan fikr eshitiladi - axir siklik tanazzullar (retsessiya) iqtisodiy hayotning ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan, 1970-yillar G‘arb uchun iqtisodiy jihatdan juda qiyin bo‘lgan, o‘sha paytda yillar davomida yuqori inflyatsiya bilan yashagan - bu ko‘rsatkichlarga, aytmoqchi, hali erishilgani yo‘q. 2008-2009 yillardagi inqiroz davrida dollarning muqarrar qulashini bashorat qilgan "kassandralar"(mifologik podishoh, sarkarda) yetarli edi, ammo hamma narsa ozmi-ko‘pmi muvaffaqiyatli hal qilindi.
Standart vaziyatda bu dalillar haqiqatan ham ta’sirli bo‘lar edi.
Ammo muammo shundaki, biz mutlaqo nostandart vaziyatda yashayapmiz: global iqtisodiy tizim o‘zining normal formatdagi rivojlanish imkoniyatlarini to‘liq tugatdi. Endi har yili, har oy va hatto har kuni status-kvoni saqlab qolgan holda, G‘arb asosiy foyda oluvchi sifatida favqulodda choralarga murojaat qilishi kerak. Ulardan asosiysi 2008-2009 yillardagi inqirozni yengish va G‘arb markazlashgan tizimning yemirilishini kechiktirish (lekin bekor qilmaslik) uchun boshlangan miqdoriy yumshatish siyosati edi. Bundan tashqari, iqtisodchilar orasida keng tarqalgan fikr - bu G‘arb bu qadam bilan nafaqat muqarrarlikni kechiktirdi, balki undan ham kattaroq halokatli kelajakni kafolatladi.
Darhaqiqat, yuqori inflyatsiya va yuqorida aytib o‘tilgan boshqa muammolar jahon iqtisodiyotiga kirib kelgan va hech narsa tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan ulkan pul massasi Yevropa va AQShning tartibga soluvchi organlari nazoratidan chiqib ketayotganidan dalolat bermoqda. Vaziyat hozirda mas’ul tuzilmalarning ma’muriy choralarini e’tiborsiz qoldiradigan o‘ziga xos mantiqqa muvofiq rivojlanmoqda.
Agar shunday bo‘lsa, Rossiya (shuningdek, Xitoy va jahon tizimini o‘zgartirishga harakat qilayotgan boshqa kuchlar) ikki tomonlama vazifaga duch keladi. Bir tomondan, ularga nisbatan bosimni kuchaytirish orqali AQShni global taxtdan ag‘darishni tezlashtirish uchun imkoniyatlar oynasi ochilmoqda. Negaki G‘arbning zaiflashuvi anchadan beri davom etayotgan bo‘lsa-da, o‘zini namoyon qilgan inqiroz hodisalari jarayonning sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi, ya’ni imkoniyatdan foydalanmaslik tentaklik.
Bu muhim, chunki biz tomonimizdan aslida milliy iqtisodiyotning uzluksiz ishlashi va boshqa davlatlar bilan aloqa qilish uchun zarur bo‘lgan muqobil-strategik mexanizm va protseduralarni yaratish jarayoni yakunlandi. Bu tovarlar ishlab chiqarish, mablag‘larni harakati, pul hisob-kitoblari, axborotni tarqatish, manfaatlarni muvofiqlashtirish va boshqa narsalar.
Boshqa tomondan, hozirgi pozitsiya xatarlarni, shu jumladan harbiy tahdidlarni keskin oshiradi, axir ma’lumki, burchakka taqalgan hayvon ayniqsa xavfli bo‘ladi. G‘arbiy elitaning tanazzulini hisobga olgan holda, ularning aksariyati hech qachon shaxsan qattiq qiyinchiliklarga duch kelmagan va silliq kabinet karyeradan boshqa hech narsani bilmaydi, ochig‘i ular tomonidan noadekvat yechimlar va qadamlarni istisno qilib bo‘lmaydi.
Agar Moskva tashabbuslari shu nuqtayi nazardan ko‘rib chiqilsa, AQSh va NATO bilan shartnomalar loyihalari, shuningdek, rasmiylarimizning bayonotlari birdaniga ikkala vazifani hal qilishga qaratilgani ayon bo‘ladi.
Birinchidan, aslida va shaklida ular munozaralar uchun taklif emas, balki haqiqatda ultimatum – shart qo‘ymasdan taslim bo‘lish talabi. Ular shunchaki G‘arbga yaxshi yechimni anglatmaydi - mag‘rurlik bilan mahkam turish va oxir-oqibat Rossiya bilan urushni boshlash. Qanday irg‘itishlar u tomondan boshlanganiga qaraganda, uni anglab yetishmoqda.
Ikkinchidan, bu harbiy muammolarning maksimal e’tiborini va Moskvaning siyosiy rasmiy ravishda adovatli ritorika Rossiya voqealarning har qanday rivojlanishiga – ham axloqiy, ham texnik ham boshqa ma’nolarda tayyor. O‘tgan yillarda qo‘lga kiritilgan obro‘si ruslar uzoq kutirmay - qurolni qo‘llaydi - agar ular buni zarur deb hisoblasalar.
Bu yerda Putinning so‘zlarini eslatish zarur, agar Rossiya yozda Qrim qirg‘og‘ida fitna uyushtirgan Britaniya harbiy kemasini cho‘ktirganda hech qanday keng ko‘lamli oqibatlarni olib kelmasdi: global matbuotda dod-farodni hisobga olmaganda. Shubhasiz, g‘arb bosh shtablarida hozir NATOning harbiy obyektlari Rossiya chegaralari yaqinida operatsiyalar rejasini tuzishmoqda, agar Moskvada biron narsa Rossiyaga qarshi deb fitna deb topilsa, “chora ko‘riladi”, hech qanday casus belli bu bo‘lmaydi – ammo alyans u yerda dumini qisib, qochishga majbur qiladi.
Umuman olganda Rossiyaning qat’iy bosimi G‘arbdagi “issiq boshlar”ni sovutishga qaratilgan, shubhasiz, ularning boshlariga shubhasiz mamlakatimizga qarshi harbiy usullarni qo‘llagan holda – Rossiya hisobidan, global inqirozni yengish uchun ajoyib usul degan fikr keladi, bu o‘tgan asrdagi birinchi va ikkinchi jahon urushlari natijalari bo‘lgani kabi.
Yo‘q, bu safar G‘arb o‘zi buning uchun haq to‘laydi.
Yangiliklar lentasi
0