O‘zbekiston transafg‘on temir yo‘li qurilishini qachon boshlaydi

© Unsplash / Jeremy BishopJeleznodorojniy sostav
Jeleznodorojniy sostav - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2021
Obuna bo‘lish
Toshkent afg‘on mutaxassislarini temir yo‘llarda xizmat ko‘rsatishga o‘qitadi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston 2022-yil bahorida transafg‘on temir yo‘li qurilishini boshlaydi, deb xabar bermoqda Sputnik Afg‘oniston.
Islomobodda O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiyga respublika transafg‘on temir yo‘li qurilishi bo‘yicha ishlarni bahorda boshlashiga va’da bergan.
Shuningdek, Toshkent temir yo‘lda ishlash uchun afg‘on mutaxassislarini tayyorlash niyatida.
Shu bilan birga, Muttaqiy O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning Toshkentga tashrif buyurish taklifini qabul qilgan.
Joriy yil 6-7 dekabr kunlari Toshkentda “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘lini loyihalashtirish va qurish bo‘yicha uch tomonlama (O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston) va ko‘p tomonlama (O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Pokiston) muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi.
Bu transport yo‘lagi Rossiya, Yevropani Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Hindinston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari bilan bog‘lashi kerak.

Toliblarning Afg‘oniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi o‘rtalarida "Tolibon"* a’zolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga o‘tar kechasi AQSh harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik amerika kampaniyasi o‘z yakuniga yetdi.
Toliblar Afg‘onistonning muvaqqat hukumati tarkibini e’lon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanksiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi ma’lum bo‘ldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.
Mavzuga oid:
RJD transafg‘on temir yo‘linining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyor
Mirziyoyev “RJD” rahbari bilan Trans-afg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini muhokama qildi
O‘zbekiston va Afg‘oniston qator sohalardagi yirik loyihalarni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0