"Warner Brothers" O‘zbekistonda teleko‘rsatuv suratga oldi

© Yuz.uz"Warner Brothers" snyali teleperedachu v Uzbekistane
Warner Brothers snyali teleperedachu v Uzbekistane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
Obuna bo‘lish
Warner Brothers O‘zbekistonda sayyohlikka bag‘ishlashgan teleko‘rsatuv suratga oldi. Ko‘rsatuv 2022-yilda efirga uzatiladi.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. "Warner Brothers" kompaniyasi o‘zining "The Worldʼs Dangerous Roads" (Dunyoning xavfli yo‘llari) turistik teleshousining navbatdagi sonini O‘zbekiston hududida suratga olish ishlari yakunladi, deb xabar qilmoqda "Yangi O‘zbekiston" nashri.
Ko‘rsatuv mavzusiga ko‘ra, gollandiyalik ikki mashhur aktrisalar Esmi van Kampen va Xanna van Vliyet O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilishadi. Qiyinchiliklar va mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tgan dastur qahramonlari mahalliy aholi madaniyati va hayoti, diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Produserlar O‘zbekistonning xorijiy auditoriyaga yaxshi tanish bo‘lmagan joylari, tog‘li va cho‘l hududlarini namoyish etishga alohida e’tibor qaratishdi.
"Ko‘p yillik tajribamizga ko‘ra, O‘zbekistonda suratga olish jarayoni, boshqa mamlakatlarga nisbatan yanada uyushqoq, lo‘nda va tartibli tarzda o‘tdi. Ish jarayonida hech qanday muammoga duch kelmadik va hamkorlikda amalga oshirilgan loyihamizdan mamnunmiz. Boshqa suratga olish guruhlarini ham biz kabi O‘zbekistonga tashrif buyurishini tavsiya qilaman", - dedi ko‘rsatuv produseri Manon van Vugt.
"Sayohatchilar" Zomin va Zomin milliy tabiat bog‘ida bo‘lishdi. Beshkub va Dugoba qishloqlarida ular milliy taom "tandir-go‘sht" va Zominning o‘ziga xos noni bilan tatib ko‘rishdi. Ko‘rsatuv qahramonlari "Zomin" sanatoriyasida tunab, ushbu majmuaning o‘ziga xos tarixi bilan tanishishdi.
Shundan so‘ng, shou ishtirokchilari "Aydarkul" ko‘l bo‘yidagi yurta oromgohida bo‘lib, xalq musiqasi bilan yaqindan tanishishdi hamda "ko‘pkari" o‘yini ishtirokchisiga aylanishdi.
Ko‘rsatuv Niderlandiya auditoriyasi uchun mo‘ljallangan hamda 2022-yilda efirga uzatiladi. Loyihani suratga olish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi ko‘magida tashkil etildi.
© Yuz.uz"Warner Brothers" snyali teleperedachu v Uzbekistane
Warner Brothers snyali teleperedachu v Uzbekistane  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2021
"Warner Brothers" snyali teleperedachu v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0