Jayron va yovvoyi quyonlarni ovlagan brakonyerlar qidirilmoqda - foto

© Sputnik / Stanislav Koritnikov / Mediabankka o‘tishDjeyran
Djeyran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Obuna bo‘lish
Brakonyerlar 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyonni otib o‘ldirdi, prokuratura tekshiruv boshladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Nukus shahar, Taxiatosh, Taxtako‘pir tumani inspektorlari hamkorlikda Taxtako‘pir tumanida tezkor reyd tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida Taxtako‘pir tumani "Qoniratkol" OFY cho‘l zonasining “Tasbergen” kran atrofida noma’lum shaxslar “Uaz 469” rusumli rangi kulrang (belaya noch) avtomashina bilan turganligi aniqlangan. Davlat ekologiya qo‘mitasi xabariga asosan.
Noma’lum shaxslar inspektorlarning yaqinlashayotganligini ko‘rib, voqea joyidan yashirindi. Inspektorlar ularning 5 km masofagacha izidan bordi. Shunga qaramay ular qochib ketishga ulgurdi.
Voqea joyidan gilza, idish-tovoq, pichoq, bolta, qiyim-bosh va “Qizil” kitobga kiritilgan jayron (14), yovvoyi quyon (5) aniqlandi.
Ular qoldirgan ashyolar ichida M.M. nomiga xorijdan T.M. dan 12-oktabr kuni chet el valyutasida pul o‘tkazilganini tasdiqlovchi kvitansiya topildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda qochoq brakonyerlarni qo‘lga olish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Davlat inspektorlari dalolatnoma tuzilib, voqea joyi video tasvirga oldi. Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0