Olimlar qarishni sekinlashtiradigan vositani aniqlashdi

© pexels/Daria ShevtsovaPoleznie produkti
Poleznie produkti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2021
Obuna bo‘lish
Organizmda E vitamini tanqisligi bo‘lmasligi uchun shifokor ko‘proq bodom, bolgar qalampiri, losos balig‘i, avokado va undirilgan bug‘doy kurtaklari moyini iste’mol qilishni maslahat berdi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Qarish jarayonlarini sekinlashtirish uchun, ko‘proq E vitamini iste’mol qilish kerak deb hisoblaydi diyetolog Olga Chuntonova, RIA Novosti xabariga asosan.
Mutaxassi fikriga ko‘ra, E vitamini ayollarga homiladorlik vaqtika katta ko‘mak beradi, erkaklarga esa - ularning farzand ato etish funksiyasini uzoqroq saqlab qolishda yordam beradi.
"E vitamini yetishmaganda odamning mushaklari hajmi qisqarishi, harakatlarda aniqlik yo‘qolishi, ko‘rish qobiliyati yomonlashishi mumkin. Shuningdek terining elastik xususiyati yo‘qoladi, soch tolalari ham nimjon xira bo‘lib qoladi", - deydi Chuntonova.
Organizmda E vitamini tanqisligi bo‘lmasligi uchun shifokor ko‘proq bodom, bolgar qalampiri, losos balig‘i, avokado va bug‘doy kurtaklari moyini iste’mol qilishni maslahat berdi.
Undan tashqari aptekada sotiladigan sun’iy vitaminlarni ham iste’mol qilish mumkin. Faqat bir narsani unutmaslik kerak - E va V vitaminlarini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak. Ular bir biriga mos kelmaydi. Lekin, A, S va E vitaminlarini esa birga qabul qilish maqsadga muvofiq - ular birgalikda yaxshiroq hazm bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0