Samarqanddan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya shaharlariga aviaqatnovlar tiklanadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet Airbus A320
Samolet Airbus A320 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2021
Obuna bo‘lish
Keyingi haftada Samarqanddan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya shaharlariga aviaqatnovlar tiklanadi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Samarqanddan Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya shaharlariga aviaqatnovlar tiklanadi, deb xabar qildi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
“Samarqand" xalqaro aeroporti ochilishi munosabati bilan 17-dekabrdan boshlab quyidagi qatnovlarni tiklaydi:
Samarqand-Moskva-Samarqand
Samarqand-Istanbul-Samarqand
Samarqand-Olmaota-Samarqand
Samarqand-Sankt-Peterburg-Samarqand.
Kuni kecha Transport vazirligi “Samarqand” xalqaro aeroporti mahalliy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklashini ma’lum qilgandi.
Uzunligi 3105 metr va eni 60 metr bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi va 24 ta samolyot to‘xtash joyiga mo‘ljallangan perronni o‘z ichiga olgan yangi aerodrom majmuasi qurilishi to‘liq yakunlandi. Aerodrom majmuasi zamonaviy energiya tejovchi yorug‘lik signalizatsiya uskunalari va IKAOning ikkinchi toifasiga mos keladigan qo‘nish tizimi bilan jihozlandi.
Aerovokzal majmuasi qurilishi esa davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0