Yer va suvdan foydalanish soliqlarini oshirish muhokama qilinmoqda

CC0 / pixabay.com / Oroshenie zemli
Oroshenie zemli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Soliq kodeksiga jiddiy o‘zgarishlar kiritish rejalashtirilmoqda. Xususan yer, suv resurslaridan foydalanish soliqlari 10% ga oshirish rejalashtirilmoqda.
TOShKENT, 9 dek - Sputnik. Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar hokimligi.
Xususan, Soliq kodeksiga quyidagi o‘zgarishlarni kiritish rejalashtirilmoqda:
yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10% ga indeksatsiya qilish (oshirish) rejalashtirilmoqda. Lekin qishloq xo‘jalik yerlarini sug‘orish uchun foydalanilgan suv hajmi qismi va baliq yetishtirish uchun belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2021-yil darajasida (1 kub metr uchun 40 so‘m) saqlab qolinadi;
ko‘chmas mulk joylashgan har bir kvadrat metr uchun minimal qiymat joriy etish va bir vaqtning o‘zida yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalarini pasaytirish;
polietilen granulalariga aksiz solig‘i stavkasini 20 dan 10 %gacha pasaytirgan holda, ushbu stavkani uning importiga ham joriy etish;
sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi korxonalarga belgilangan 20 foizlik foyda solig‘i stavkasini 15 foizga pasaytirish,
2022 yil 1-yanvardan boshlab esa sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravarga kamaytirish taklif qilinmoqda.
soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obyektlar hisobini tashkil etish, xususan, soliq imtiyozlari hisobi bo‘yicha yagona avtomatlashtirilgan tizimni yaratish;
soliq to‘lovchining hisob ma’lumotlaridagi o‘zgarishlarni shaxsiy kabinet orqali tasdiqlash masalasi ham aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, Davlat Soliq Qo‘mitasi yaqinda ushbu yilda O‘zbekstonda to‘planayotgan soliqlar miqdori olidingi yillarga nisbatan rekord darajada oshganini ma’lum qilgan edi. Xususan, Sherzod Qudbiyev so‘nggi oylarda O‘zbekistonda har oy bir milliard dollar miqdorida soliq jamlanayotganini ma’lum qilgan edi.
Glava Ministerstva zanyatosti i trudovix otnosheniy Sherzod Kudbiyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2021
Har oy bir milliard dollar soliq yig‘ayapmiz - Sherzod Qudbiyev
Yangiliklar lentasi
0