Tuman tufayli O‘zbekiston aeroportlarida qator reyslar kechiktirildi

© Sputnik / Anton DenisovSamolet sovershayet posadku v tumane, arxivnoe foto
Samolet sovershayet posadku v tumane, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Quyuq tuman tufayli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva shahridan uchgan reysi Nukusdagi zaxira aerodromiga yuborilgan.
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. O‘zbekiston aeroportlarida tuman tufayli bir qator xalqaro va ichki reyslar parvozi kechiktirildi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Quyuq tuman tufayli “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskva shahridan SU-1976 reysini amalga oshirayotgan samolyot 131 yo‘lovchisi bilan soat 06:40 da Urganchga qo‘na olmagan va Nukusdagi zaxira aerodromiga yuborilgan.
Boshqa bir reys — “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY053 qatnovi Toshkent aeroportida Urganchga parvozini kutmoqda. Jadvalga ko‘ra, bort soat 08:20 da Urganchga qo‘nishi kerak edi. Keyinchalik samolyot HY279 reysi bilan Istanbulga uchadi. Biroq Urganch aeroportida hamon tuman saqlanib turibdi.
Ko‘rish imkoniyati 200 metrdan 400 metrgacha yaxshilangan. Uchish uchun maqbul ko‘rish imkoniyati kamida 800 metrni tashkil qiladi.
Tuman Toshkentdan Andijonga bajariladigan HY091 qatnovning ham kechiktirilishiga sabab bo‘lgan. Samolyot 08:30 da parvoz qilishi kerak edi, biroq qabul qiluvchi aeroportdagi tuman tufayli u hamon Toshkentda ob-havo yaxshilanishini kutmoqda. Dastlabki jo‘nash vaqti soat 12:00 ga belgilangan.
Avvalroq O‘zgidromet O‘zbekiston hududlarida tuman tushishi mumkinligi haqida ma’lumot bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0