Denovdagi portlash oqibatida to‘qqiz kishi jarohatlandi - video

© UnsplashPojarniy, illyustrativnoe foto
Pojarniy, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Hodisa joyiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati Denov shahridagi savdo majmuasida yuzaga kelgan chaqnash yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, hodisa 7-dekabr kuni soat 03:57 da shaharning Mustaqillik ko‘chasidagi 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 voqea joyiga yetib borib, yong‘inni soat 04:25 da o‘chirgan.
Portlash oqibatida 9 nafar fuqaro tan jarohati olgan bo‘lib, ular shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.
Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0