BAA juma kunini ish kuni etib belgilagan birinchi musulmon davlat bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Dubay
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.12.2021
Obuna bo‘lish
Birlashgan Arab Amirliklarida juma - dam olish kuni hisoblanmaydi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. BAA juma kunini ish kuni etib belgilagan birinchi musulmon davlat bo‘ldi, deb xabar berdi mahalliy WAM axborot agentligi.
Musulmonlar uchun juma kuni muqaddas kun bo‘lib, ko‘pgina musulmon mamlakatlarida haftaning bu kuni dam olish kuni hisoblanadi va ish haftasi yakshanba kunidan boshlanadi.
"Hafta ichida dam olish kunlari yarim kunga uzaytirildi, haftalik dam olish kunlari shanba va yakshanba, shuningdek juma kuni ish kunining yarmi. Juma kuni rasmiy ish vaqti to‘rt yarim soat, soat 7:30 dan 12:00 gacha”, - deyiladi xabarda.
Shu bilan birga BAA hukumati masjidlarda juma namozlari mahalliy vaqt bilan soat 13:15da boshlanishini ma’lum qildi. Odatda juma namozi soat 11:00 da boshlanadi va 13:00da tugaydi.
Davlat idoralarida ishlaydigan kishilar juma kuni masofadan turib ishlashlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0