Toshkentning ikki tumanida issiqlik ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi

© pexels/furkanfdemirBatareya
Batareya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Tarmoqlardagi avariya sabab Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim xonadonlar issiqlik ta’minotisiz qoladi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Toshkent shahrining Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarda tarmoqlardagi avariya sabab issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda "Toshissiqquvvati" xabar bermoqda.
6 dekabr soat 10:00 dan 17:00 gacha quyidagi manzillarda issiqlik ta’minoti bo‘lmaydi:
Olmazor tumani:
Farobiy, Mirzo G‘olib, Qamarniso, Shifokorlar, G.Karimov, Xo‘jayev ko‘chalari;
ToshMI, Shifokorlar shaharchasi, O‘zMU, ToshPI, G-30, Olimpiya, Chimboy, Beshqo‘r-on-1,2,3,4, Muxbir, Qora qamish 2/4 mavzelari.
Shayxontohur tumani:
Farobiy ko‘chasi;
Jarariq, Beltepa, Ibn Sino-1,2 mavzelarida.
Avariyani tiklash ishlariga 20 kishidan iborat avariya tiklash guruhi jalb etilgan. Issiqlik ta’minoti tez orada qayta tiklanishi ta’kidlangan.
Yangiliklar lentasi
0