Metroda tig‘iz paytlarda oraliq intervallar qisqartiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStansiya metro v Tashkente
Stansiya metro v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2021
Obuna bo‘lish
Tirbandliklarni oldini olish, poyezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida poyezdlar harakati jadvali qayta ko‘rib chiqiladi.
TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Toshkent metrosining barcha yo‘nalishlarida tig‘iz paytlarda oraliq intervallar qisqartiriladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK rahbari Rahmonbek Usmonov o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Yig‘ilish davomida bir qator masalalar topshiriq sifatida mas’ullar zimmasiga yuklatilgan.
“Xususan, tirbandliklarni oldini olish, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, poyezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida poyezdlar harakati jadvali qayta ko‘rib chiqiladi”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, metropoliten barcha yo‘nalishlarda tig‘iz paytlarda oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan holda qo‘shimcha harakat tarkiblari soni ko‘paytiriladi.
Stansiya s vremennim nazvaniyem Ikinchi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Toshkentda yana bir necha yangi metro bekatlari quriladi - Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0