Feruza Babashevaning deputatlik vakolati muddatidan avval tugatildi

© Spuntik / Vladimir FedorenkoPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2021
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Toshkent viloyati kengashi kotibiyati.
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2021
Reydda aniqlangan ishratxona: shaxsiy yozishmalarda tarqalgan holat yuzasidan ma’lumot berildi
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi deputatlarning tashabbusi bilan chaqirilgan holda o‘tkazildi. Unda bitta masala, tuman Kengashining 30-“Uyshun” saylov okrugidan saylangan deputat Feruza Babashevaning deputatlik vakolatini muddatidan ilgari tugatish masalasi ko‘rib chiqildi.
Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi “Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya” raisi Dilorom Zulorovaning axboroti eshitildi.
Komissiya raisining axboroti va deputatlarning qo‘shimcha taklif, fikr-mulohazalarini inobatga olib, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan, Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi qarorni, sessiyada qatnashgan 24 nafar deputatdan 23 nafari yoqlab ovoz berishdi.
Sessiya ishida Feruza Babashevaning deputatlik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Yangiliklar lentasi
0