Rossiya FXX 3 nafar Ukraina maxsus xizmat josusini qo‘lga oldi – video

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishSotrudnik podrazdeleniya spesnaznacheniya FSB Rossii
Sotrudnik podrazdeleniya spesnaznacheniya FSB Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada Ukraina maxsus xizmatlari josuslarining faoliyatiga chek qo‘yildi
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Rossiyaning uchta viloyatida Ukraina maxsus xizmatlari josuslarining faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar qildi Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matbuot xizmati.
FXX ma’lumotlariga ko‘ra, SBUning ikki nafar agenti - Zinoviy Kovil va uning o‘g‘li Igorni, shuningdek, Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi agenti Aleksandr Silik qo‘lga olindi.
Kovalning mashinasida kalta stvolli va avtomatik qurol, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari topildi.
“Qo‘lga olinganlar (Zinoviy va Igor Koval) ularni Ternopol viloyatidagi SBUning xodimi, 1973-yilda tug‘ilgan polkovnik Vasiliy Vasilevich Kovalik tomonidan yollagani va ularga strategik obyektlar haqida ma’lumot to‘plash vazifasini topshirganini tan oldi, bu xizmat uchun 10 ming dollar mukofot va’da qilingan", - deyilgan xabarda.
1998 yilda tug‘ilgan Aleksandr Silik ham Ukraina maxsus xizmatlari uchun ishlaganini tan oldi.
"Kiyev viloyatida yashovchi <...> u yollangani va 1988-yilda tug‘ilgan, sektor boshlig‘i - Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi maxsus rezerv tezkor guruhi xodimi podpolkovnik Kirilovs Maksim Leonidovich ko‘rsatmasiga asosan ishlaganini tan oldi”, — deb ta’kidlandi matbuot xizmatida.
FSB zaderjala grajdanina Uzbekistana za nezakonnoe peresechenie gosgranisi iz Ukraini v RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.09.2021
FXX Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi - video
U umumiy massasi trotil ekvivalenti 1,5 kilogramm bo‘lgan 2ta qo‘lbola portlovchi moslama yasashni va terakt sodir etishni rejalashtirgan.
Portlovchi moddalarni Rossiyaga olib borish uchun u Kirilovs va ikki harbiy razvedkachi hamrohligida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan. U jinoyat sodir etish joyiga ketayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Bundan tashqari, Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi katta ofitseri, 1-darajali kapitan Sergey Shvidenko olti yilu olti oyga qattiq rejimdagi koloniyaga hukm qilingan.
Ukrainalik Shvidenko qo‘poruvchilik guruhining tayyorgarligini muvofiqlashtirgan va ishini nazorat qilgan. 2016-yilda Qrimda uning to‘rt nafar a’zosi hibsga olindi: polkovnik Dmitriy Shtiblikov, podpolkovnik Aleksey Stogniy, 2 darajali kapitan Gleb Shabliy, podpolkovnik Aleksey Bessarabov va razvedka agenti Vladimir Dudko. FXX radiotelevizion uzatish markazi minorasini, mobil gaz turbinali elektr stansiyasini, yoqilg‘i-moylash materiallari omborini va Qora dengiz floti radio markazining ustunini portlatishni rejalashtirganini aytdi.
Shvidenkoning o‘zi 2021-yil iyulida hibsga olingandi. U maxsus xizmatlarga ishlashini tan oldi va operatsiyani Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi "Janub" operativ boshqarmasi rahbari polkovnik Nikolay Spodar bevosita boshqarganini aytdi.
Yangiliklar lentasi
0