Omikron: PSR-testining amal qilish muddati 48 soat - Rospotrebnadzor

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Obuna bo‘lish
PSR-test amal qilish muddati 48 soat etib belgilandi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Koronavirus omikron-shtammining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib PSR-testining amal qilish muddati 72 soat o‘rniga 48 soat etib belgilanadi, deb ma’lum qildi Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova.
Rospotrebnadzor ilmiy-tadqiqot instituti omikron shtammini aniqlash uchun test ishlab chiqdi.
Samolet v aeroportu Almati. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2021
Qozog‘iston omikron shtamm tufayli bir qancha davlatlardan kirishni cheklaydi
Omikron shtammi olib kelinishi mumkin bo‘lgan mamlakatlardan uchib kelgan fuqarolar uchun aeroportlarda bepul testdan o‘tish tashkil etildi.
“Omikron” mutatsiyalari uning kasallik yuqtirish xususiyatini oshiradi. Bu shtamm jiddiy tashvish uyg‘otadi va darhol tekshirishni talab qiladi.
Rospotrebnadzor rahbarining so‘zlariga ko‘ra, omikron shtammi uchun avval joriy etilgan profilaktika choralari kuchda qoladi - emlash, qayta emlash, muloqotlarni qisqartirish va niqob taqish.
Rospotrebnadzor aholiga yangi yil ta’tillarini chet elga chiqmasdan uyda o‘tkazishni tavsiya qildi. Turli mamlakatlarda kiritilgan cheklovlar tufayli dam olish o‘rniga ko‘plab, shu jumladan orqaga qaytish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga duch kelish mumkin.
Rossiyaga "omikron" aniqlangan davlatlardan kelganlar 14 kunlik karantinga ketishlari kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0