Rossiya banki raisi o‘rinbosari O‘zbekiston so‘mi dizaynini yuqori baholadi

© SputnikUzbekskie dengi, 5000 sumov
Uzbekskie dengi, 5000 sumov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston Markaziy banklari vakillari o‘zaro tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
TOShKENT, 29 noya - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy bankida Rossiya banki raisining o‘rinbosari Mixail Alekseyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda MB matbuot xizmati.
Uchrashuvd mehmon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pul belgilarini muomalaga chiqarish borasidagi yutuqlarini alohida ta’kidlab, mavjud kupuralar dizaynini yuqori baholadi.
Shuningdek, so‘nggi yillarda Rossiya Federatsiyasida pul muomalasining asosiy ko‘rsatkichlarini taqdim etdi. Xususan, Rossiyada chiqarilayotgan pul mablag‘lari va tangalar soni yil sayin ortib borayotgani qayd etildi.
Rossiya va O‘zbekiston Markaziy banklari vakillari muhokama qilingan masalalar yuzasidan tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Rossiya savlo sotiq munosabatlari 5 mlrd dollarga yaqinlashgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrifi davomida yil oxirida ushbu raqam 7 milliarddan oshishi haqida aytib o‘tgan edi. Ushbu raqamlar ikki davlat orasidagi iqtisodiy munosabatlar oldin qayd etilmagan yuqori darajaga chiqayotganidan darak beradi.
Zdanie Sentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2021
Markaziy bank migrantlar moliyaviy savodxonligini oshiradi
Yangiliklar lentasi
0