https://oz.sputniknews.uz/20211129/daraxt-ekish-jarayoniga-soxtalik-bilan-yondashgan-masullar-ishdan-olindi-video-21571506.html
Daraxt ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan mas’ullar ishdan olindi - video
Daraxt ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan mas’ullar ishdan olindi - video
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan mas’ullar ishdan olindi, tuman “mahalla” bo‘limi boshlig‘iga “hayfsan” berildi. 29.11.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-11-29T20:45+0500
2021-11-29T20:45+0500
2021-11-29T20:45+0500
jamiyat
obodonlashtirish
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059366_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_b4723add1b85f6b9945b8a673f6aaed4.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Internetda bir qancha kishilar ko‘chat ekish jarayonida soxtalik qilgani aks etgan video tarqaldi.Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 26-noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog‘i Bog‘ ko‘cha mahalla fuqarolari yig‘ini raisi boshchiligida Meros ko‘chasida ko‘chat ekish ishlari olib borilgan va aynan mahalla raisining ko‘rsatmasi bilan ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashilgan.Holat yuzasidan Bog‘ ko‘cha mahalla raisi Qahramon Ochildiyev, mahalla raisining Obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda ushbu hududga bog‘langan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ul xodimi Mansurjon Akbarovlarga tegishli chora ko‘rildi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.Mahallada olib borilgan ko‘chat ekish ishlarini nazoratga olmaganligi uchun tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Erkinjon Asqarovga hayfsan e’lon qilindi.
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/17/16059366_59:0:2790:2048_1920x0_80_0_0_46bbd169a9dcf22b285fa4de7e1e337a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, obodonlashtirish, namangan viloyati
jamiyat, obodonlashtirish, namangan viloyati
Daraxt ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan mas’ullar ishdan olindi - video
Ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashgan mas’ullar ishdan olindi, tuman “mahalla” bo‘limi boshlig‘iga “hayfsan” berildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Internetda bir qancha kishilar ko‘chat ekish jarayonida soxtalik qilgani aks etgan video tarqaldi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 26-noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog‘i Bog‘ ko‘cha mahalla fuqarolari yig‘ini raisi boshchiligida Meros ko‘chasida ko‘chat ekish ishlari olib borilgan va aynan mahalla raisining ko‘rsatmasi bilan ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashilgan.
Holat yuzasidan Bog‘ ko‘cha mahalla raisi Qahramon Ochildiyev, mahalla raisining Obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hamda ushbu hududga bog‘langan mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mas’ul xodimi Mansurjon Akbarovlarga tegishli chora ko‘rildi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
Mahallada olib borilgan ko‘chat ekish ishlarini nazoratga olmaganligi uchun tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Erkinjon Asqarovga hayfsan e’lon qilindi.