Toshkentda Italiya universiteti filiali tashkil etildi

© Unsplash / Changbok KoPustaya auditoriya
Pustaya auditoriya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2021
Obuna bo‘lish
Filialda geologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkaziladi.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Toshkent shahrida Italiyaning Piza universiteti filiali tashkil etildi. Hukumat tegishli qarorni qabul qildi.
Filialda geologiya bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi, geologiya yo‘nalishida tadqiqotlar o‘tkaziladi va ularning natijalari amaliyotga joriy etiladi.
Filialda ta’lim 2022/2023 o‘quv yilidan kunduzgi shaklda o‘zbek, ingliz va rus tillarida kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilariga Piza universiteti diplomiga ega bo‘lishadi.
Qabul paramertlari mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda Rossiya OTMlarining yana 10 ta filiali ochilishi ma’lum qilingan edi. Hozir mamlakatda ular soni 15 tani tashkil etmoqda. 2022/2023-o‘quv yilida Rossiyada oliygohlarida o‘zbekistonliklar uchun kvotalar soni uch baravarga ko‘paytiriladi.
Yangiliklar lentasi
0