https://oz.sputniknews.uz/20211125/nukusda-talaba-is-gazidan-zaharlanib-vafot-etdi-21519614.html
Nukusda talaba is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Nukusda talaba is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
U Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi bo‘lgan va ijarada turgan.
2021-11-25T14:52+0500
2021-11-25T14:52+0500
2021-11-25T14:52+0500
hodisalar
talabalar
is gazi
nukus
is gazidan zaharlanish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/97/11379799_0:83:3073:1811_1920x0_80_0_0_eed58c94045a62898de0f138939d6158.jpg
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Nukusdagi ko‘pqavatli uylarning birida talaba yigit is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.Xabarda keltirilishicha, 24-noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R. ijaradagi xonadonida o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.Mazkur holat yuzasidan nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Nukus shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi uylarning birida ijarada yashovchi besh nafar talaba is gazidan zaharlanib, vafot etgan edi. Talabalar bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan uyiga ijaraga qo‘ygan ayol jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20211119/fargonada-ota-va-bola-is-gazidan-zaharlanib-vafot-etdi-21424414.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1137/97/11379799_165:0:2896:2048_1920x0_80_0_0_3ae7a220aefb4068c9aaf55c91da445d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nukusda talaba zaharlanishi talaba gazdan zaharlandi is gazi
nukusda talaba zaharlanishi talaba gazdan zaharlandi is gazi
Nukusda talaba is gazidan zaharlanib, vafot etdi
U Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi bo‘lgan va ijarada turgan.
TOShKENT, 25 noya – Sputnik. Nukusdagi ko‘pqavatli uylarning birida talaba yigit is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi
xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, 24-noyabr kuni soat 07:00 larda Nukus Davlat pedagogika institutining talabasi R.R. ijaradagi xonadonida o‘rnatilgan isitish qozoni otashxonasidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Nukus shahar prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Tekshirish harakatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 27-fevral kuni Toshkentning Yunusobod tumanidagi uylarning birida ijarada yashovchi besh nafar talaba is gazidan zaharlanib,
vafot etgan edi. Talabalar bilan qonuniy ijara shartnomasi tuzmay, ularni odam hayoti uchun xavfli va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagan uyiga ijaraga qo‘ygan ayol jinoiy
javobgarlikka tortilgan edi.