O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi ma’lum qilindi

© Depositphotos / Erwin WodickaMenedjer s kalkulyatorom
Menedjer s kalkulyatorom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2021
Obuna bo‘lish
Kelgusi yilda budjet daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchi korxonalar iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘ladi.
TOShKENT, 24 noya – Sputnik. O‘zbekiston Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet 2022” loyihasini taqdim etdi. Unda mamlakatdagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi haqida ma’lumot berilgan.
Qayd etilishicha, budjet daromadlari ko‘p jihatdan yirik soliq to‘lovchi korxonalar iqtisodiy holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Quyidagi kompaniyalar kelgusi 2022-yilda davlat budjeti tushumlarining 36,4 foizini ta’minlashi kutilmoqda:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” — 17,82 foiz;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” — 9,4 foiz;
“O‘ztransgaz”— 1,89 foiz;
“O‘zbekneftgaz” — 1,7 foiz;
“Uzbat”— 1,5;
“Hududgazta’minot” — 1,26 foiz:
“Uz-Kor Gas Chemical” — 0,78 foiz;
O‘zbekiston metallurgiya kombinati” — 0,76 foiz;
“UzAuto Motors” — 0,73 foiz;
“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” — 0,6 foiz.
2022 yil uchun Davlat budjeti daromadlari 200 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 23,8 foizi miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0