Toshkent metrosida Face Pay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
 Pervie passajiri sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2021
Obuna bo‘lish
Uning yordamida metro foydalanuvchisi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqini to‘lashi mumkin.
TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Toshkent metropolitenida Face Pay tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Face Pay texnologiyasi dastlab “Buyuk Ipak yo‘li” bekatida sinovdan o‘tkazilmoqda.

“Metro foydalanuvchisi o‘z yuzini skanerlashi va uni transport yoki bank kartasi ma’lumotlari bilan birga ma’lumotlar bazasiga kiritishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng yo‘lovchi shunchaki validatorga qarab yo‘l haqini to‘lashi mumkin”, - deyiladi ATTO kompaniyasi xabarida.

Ta’kidlanishicha, jamoat transportida UZCARD, HUMO, VISA, MasterCard, UPI, MIR kontaktsiz bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish tizimi joriy etilgan.
2022 yilda Samarqand, Buxoro, Xorazm, Andijon, Farg‘ona va Namanganda yo‘l haqini yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni rejalashtirilmoqda.
Moskvada 15-oktabrdan metroning barcha bekatlarida Face Pay tizimi ishga tushirilgandi. Shu tariqa Moskva bu tizim bunchalik keng ko‘lamda ishga tushgan dunyodagi birinchi shahar bo‘lgan. Chunki Moskva metrosi 240 dan ziyod bekatdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0